“Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalarida sodir boʻlgan muhim voqealarning haftalik dayjesti ◾️25-noyabrdan 20-dekabrgacha “Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalarida Aksilkorrupsiya oyligi eʼlon q...
Bugun “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda xotin-qizlarni ilm-fanga keng jalb qilish, jamiyatning turli tarmoq va sohalarida ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlarning yangi g‘oya va ishlanmalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish hamda iqtidorli, intiluvchan, faol va tashabbuskor xotin-qizlarni aniqlash maqsadida “Innovator ayol” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
“Oʻzkimyosanoat” AJda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Olamni mahliyo aylagan diyor!” shiori ostida “Davlat gerbi – iftixor ramzi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.
Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida “Toshkent kislorod zavodi” UK negizida zamonaviy tibbiyot kislorodi ishlab chiqarishni tashkil etish investitsiya loyihasi asosida mahalliy investor tomonidan koronavirus pandemiyasi sharoitida respublika shifoxonalarini tibbiyot kislorodiga bo'lgan talabini qondirish maqsadida “OXYGEN TASHKENT” MChJ tashkil etildi.
“Oʼzkimyosanoat” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan Fargʼona viloyatidagi “Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” aktsiyadorlik jamiyati faoliyati bilan jurnalist va blogerlarni yaqindan tanishtirish maqsadida press-tur tashkil etildi.
Joriy yilning 4 iyun kuni soat 22:16da “Talimarjon” IES energobloki avariyaviy holatda to'xtaganligi sababli “O'zkimyosanoat” AJga qarashli “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ ob'ektlarida elektr uzilishi kuzatildi. Natijada jamiyatning tog'-kon va qayta ishlash majmualarining asosiy ishlab chiqarish qurilmalari ish faoliyati 5 iyun soat 00:24gacha to'xtab qoldi. Bundan tashqari jamiyatni suv bilan ta'minlaydigan suv nasoslari ham to'liq to'xtadi. Korxona mutaxasisilari tomonidan yuzaga kelgan holat bartaraf etilishi natijasida 5 iyun soat 05:43da suv ta'minot qayta tiklandi hamda korxona o'z ish faoliyatini boshladi.
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi hamda “Oʻzkimyosanoat” AJ hamkorligida amalga oshirilayotgan “Oʻzbekistonda kimyo texnologiyalari markazi (UzCCT) salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida yana bir muhim qadam tashlandi.
«O'zkimyosanoat» AJ tizimida quyidagi ilmiy izlanishlar olib boruvchi tashkilotlar mavjud: «O'zkimyosanoatloyiha» AJ loyihalash instituti Toshkent kimyo texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti (TKTITI)
Har qanday sohaning taraqqiyoti unda faoliyat olib borayotgan mutaxassis va kadrlarning salohiyatiga bevosita bogʻliq. Shu maʼnoda “Oʻzkimyosanoat” AJ ushbu masalaga jiddiy eʼtibor qaratib kelmoqda.
Agar siz bakalavr yoki magistratura talabasi bo'lsangiz va kimyo sohasida o'zingizni isbotlamoqchi bo'lsangiz, sizni Kimyo Girls Respublika olimpiadasida ishtirok etishga taklif qilamiz.