9-aprel — sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun

// 09.04.2025 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (140.09 KB)

9-aprel — oʻrta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi, sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun.

Ishbilarmon mardlik va shijoat sohibi, azmi qat’iy, tadbirkor va hushyor bir kishi mingminglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir. 

***

Garchi ishning qanday yakunlanishi takdir pardasi ortida yashirin bo‘lsa ham, aqli raso va hushyor kishilardan kengashu tadbir istab, fikrlarini bilmoq lozimdir. 

***

Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to‘g‘ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin. 

***

Azmu jazm bilan ish tutdim. Biron ishni qilish-ga qasd qilgan bo‘lsam, butun zehnim, vujudim bilan bog‘lanib, bitirmagunimcha undan qo‘limni tortmadim. 

***

Yaxshilarga — yaxshilik qildim, yomonlarni esa o‘z yomonliklariga topshirdim. Kim menga do‘stlik qilgan bo‘lsa, do‘stligi qadrini unutmadim va unga muruvvat, ehson, izzatu ikrom ko‘rsatdim.

 Amir Temur o'gitlari

 “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati
 


So'nggi yangilash sanasi: 09.04.2025