“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tarkibida 14 ishlab chiqarish korxonasi va 6 xizmat ko'rsatish tashkiloti faoliyat ko'rsatadi. Ularda 30 mingdan ortiq mutaxassis va xodim ishlaydi. Bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi 180 dan ziyod ekanligi matbuot anjumanida qayd etildi.

// 04.06.2018 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (46.12 KB)

Mahsulot eksporti kengaymoqda

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tarkibida 14 ishlab chiqarish korxonasi va 6 xizmat ko'rsatish tashkiloti faoliyat ko'rsatadi. Ularda 30 mingdan ortiq mutaxassis va xodim ishlaydi. Bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi 180 dan ziyod ekanligi matbuot anjumanida qayd etildi.

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi o'rinbosarlari Yu.Xoliyorov, Sh.Nabiev va boshqalar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini takomillashtirish, tizimdagi korxonalarni modernizatsiya qilish, investitsiya dasturlarini amalga oshirish, ishlab chiqarish va mahalliylashtirilgan mahsulot hajmlarini ko'paytirish, yangi mahsulotlarni o'zlashtirishda muhim omil bo'layotganini ta'kidladi.

Joriy yilning dastlabki 4 oyida korxonalarda 1,2 trillion so'mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Ularning 30 turdan ortig'i 30 dan ziyod davlatga eksport qilinmoqda. Shuningdek, 2017-2021 yillarga ichki dasturga muvofiq 40 dan ortiq loyiha amalga oshirilishi va buning natijasida yana 3 ming yangi ish o'rni yaratilishi ko'zda tutilgan.

– Jamiyat tarkibidagi korxonalarda innovatsiya guruhlari va fondi tashkil etildi, – dedi texnika fanlari doktori, professor A.Dadaxo'jaev. – Fond mablag'i innovatsion texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish va yangi mahsulotlarni yaratishga sarflanadi.

 

 http://uza.uz/oz/society/ma-sulofat-eksporti-kengaymo-da-01-06-2018