Mazkur marafon 14-16-may kunlari poytaxtimizda boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston energetika haftaligi doirasida oʻtkazildi.
Unda el suygan ijodkorlar, Oʻzbek milliy akademik teatri namoyondalari va "Maxam-Chirchiq" AJ Madaniyat saroyi sana'tkorlari ham ishtirok etishmoqda.
“O`zkimyosanoat” AJ tizimidagi “Maxam-Chirchiq” AJning Ammiak-1 ishlab chiqarish sexi sintez bo`linmasida bugun sodir bo`lgan portlash natijasida sexning sintez kalonnasida kelib chiqqan yong’in o`chirildi. Vaziyat to`liq nazorat ostida. Hodisa oqibatida sexning 2 nafar xodimi jarohatlangan va hozirda ularga shifoxonada tibbiy muolajalar ko`rsatilmoqda.
Joriy yilning 16-24-iyul kunlari Shveytsariyada boʻlib oʻtgan nufuzli Xalqaro kimyo olimpiadasida Oʻzbekistonlik oʻquvchilar 2 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medallarini qoʻlga kiritishgan edi. Bugun tongda Oʻzbekiston terma jamoasi aʻzolari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi. Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi bilan hamkorlikda “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan tashkil qilingan tadbirda oʻquvchilarning ota-onalari va yaqinlari, ular taʻlim oladigan maktablar vakillari hamda ustozlari, shuningdek, OAV vakillari ishtirok etishdi.
Tashrif davomida korxona faoliyati, yangi loyihalar bilan yaqindan tanishish, maxsus film uchun tasvirga olish ishlarini amalga oshirish, Matbuot xizmati faoliyatini zamonaviy yondashuvda yo’lga qo’yish yuzasidan seminarlar, yoshlar bilan uchrashuv, ochiq muloqot va so’rovnomalar o’tkazish reja qilingan.
"Ammofos-Maxam"AJ boshqaruv raisi Fuqaro-muhofazasi boshlig'ining 27-apreldagi 501-sonli buyrug'iga asosan, korxonada 2022-yilning 20-may kuni "Kuchli ta'sir etuvchi zaharli moddalarni atrof-muhitga tarqalishi bilan bog'liq texnogen xususiyatli favqulodda vaziyat sodir bo'lganda obyekt rahbariyati va fuqaro muhofazasi tuzilmalarining harakatlari" mavzusida ko'rgazmali maxsus-taktik o'quv mashqi o'tkazildi.
“Oʻzkimyosanoat” AJning “Manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish siyosati” talablari asosida jamiyatda manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor qilishning tartibi oʻrnatilgan.
“Oʼzkimyosanoat” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan Fargʼona viloyatidagi “Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” aktsiyadorlik jamiyati faoliyati bilan jurnalist va blogerlarni yaqindan tanishtirish maqsadida press-tur tashkil etildi.
“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan “Vatanni himoya qilish – fuqarolik burchimiz” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda tashkilot tizimidagi tarmoq korxonalari rahbar-xodimlari videokonferens aloqa orqali ishtirok etdi.
Ismoilov Bekzod Anorboevich “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Yig'ma axborot-tahlil departamentining Ro'yxatga olish va ijro intizomini nazorat qilish bo'limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.