“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining Innovatsiya va yangi texnologiyalarni joriy etish boʻlimi vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya instituti bilan hamkorlik masalalari yuzasidan bevosita uchrashuv oʻtkazdilar.
Oʻzbekistonda sanoat tarmoqlarini diversifikatsiya qilish, ichki xomashyo va resurslardan samarali foydalanish, shuningdek, importga boʻlgan qaramlikni kamaytirish boʻyicha izchil ishlar olib borilmoqda. Bu jarayonda kimyo sanoati alohida oʻrin tutadi. Xususan, “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan Mahalliylashtirish dasturi doirasidagi natijalar buni yaqqol tasdiqlaydi.
Oʻzbekistonda sanoat tarmoqlarini diversifikatsiya qilish, ichki xomashyo va resurslardan samarali foydalanish, shuningdek, importga boʻlgan qaramlikni kamaytirish boʻyicha izchil ishlar olib borilmoqda. Bu jarayonda kimyo sanoati alohida oʻrin tutadi. Xususan, “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan Mahalliylashtirish dasturi doirasidagi natijalar buni yaqqol tasdiqlaydi.
Jahon kimyo sanoati xabarlari: Kanadalik olimlar guruhi yangi ekologik toza material — dengiz suvoʻtlariga asoslangan plastikni taqdim etdi. Ushbu ishlanma atrof-muhitni anʼanaviy plastik chiqindilaridan himoya qilish va ayniqsa qishloq xoʻjaligida anʼanaviy polietilenga alternativa boʻlishi maqsadida yaratilgan.
“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati va “O'zkimyoimpeks” masʼuliyati cheklangan jamiyatining 22 nafar xodimi ISO 31000:2018 – “Xavflarni boshqarish” xalqaro standartini tizimga joriy etish boʻyicha xalqaro “Cert International” Akademiyasi mutaxassislari tomonidan onlayn formatda oʻqitildi.
Xabar berib borayotganimizdek, Prezidentimizning 2025-yil 19-sentabrdagi “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zkimyosanoat” AJ ishchi guruhi biriktirilgan Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida shtab mas’ullari hamda “Mahalla yettiligi” tizimi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF–173-son “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zkimyosanoat” AJ ishchi guruhi biriktirilgan Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida tashkil etilgan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha tuman shtabi faoliyatini o‘rganib, shtab mas’ullari bilan uchrashuv o‘tkazdi hamda amalga oshiriladigan reja va vazifalar muhokama qilindi.
2026 yil 15 yanvardan 28 fevralgacha mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlari o‘tkaziladi.
“O‘zkimyosanoat” AJ ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirish borasida qator oliy ta’lim dargohlari va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan faol hamkorlik olib bormoqda.
“Professional taʼlim tizimida dual taʼlimni tashkil etish, boshqarish hamda zamonaviy taʼlim metodlari va metodologiyasi” mavzusida 3 kunlik oʻquv seminari yakunlandi.