Oʻzbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 40-moddasiga asosan joylashtirilgan aksiyalarni sotib olish quyidagi hollarda amalga oshiriladi. Ovoz beruvchi aksiyalarning egalari bo‘lgan aksiyadorlar: jamiyatni qayta tashkil etish to‘g‘risida; joylashtirilgan aksiyalarni yiriklashtirish haqida; ushbu Qonun 84-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq jamiyat tomonidan mol-mulkni olish yoki boshqa shaxsga berish bilan bog‘liq yirik bitim tuzish to‘g‘risida; jamiyatning ustaviga ovoz beruvchi aksiyalar egalari bo‘lgan aksiyadorlarning huquqlarini cheklovchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yoki yangi tahrirdagi ustavni tasdiqlash to‘g‘risida aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan qarorlar qabul qilishda, agar ular qarshi ovoz bergan bo‘lsa yoxud ovoz berishda uzrli sabablarga ko‘ra ishtirok etmagan bo‘lsa, o‘zlariga tegishli aksiyalarning hammasi yoki bir qismi jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilishga haqlidir.
BMT Bosh Assambleyasining 1999-yil 17-dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan “25-noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish kuni” sifatida belgilangan.
Tadbirda "Kiberxavfsizlik markazi" DUK mutaxassislari ishtirokida konfidensial ma’lumotlarni himoya qilish, ko‘p faktorli autentifikatsiya, fishing va kiber-firibgarlik, messendjer va elektron pochta xavfsizligi, shuningdek, sun’iy intellekt yordamida sodir etilayotgan kiberjinoyatlar kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi.
“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ boshqaruv raisi To‘lqin Zaripov rahbarligida korxonadagi xotin-qizlar masalalariga qaratilgan “Rahbar va xotin-qizlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Axborot texnologiyalarining rivojlanishi, internetning keng miqyosda kirib kelishi, biznes va texnologik jarayonlarni yanada avtomatlashtirish bilan birgalikda axborot xavfsizligi va kiber-gigiyenaga amal qilish talablari tobora oshib bormoqda. Jamiyat va tizim korxonalari xodimlari kiber-savodxonligini oshirish maqsadida “Oʻzkimyosanoat” AJda kiber-gigiyena boʻyicha seminar-trening tashkil qilindi.
ERP tizimini joriy etish loyihasi menejeri lavozimi nomzodiga qo‘yiladigan talablar
2025 yilda yurtimiz o‘quvchilari 29 ta xalqaro olimpiadada munosib ishtirok etib, jami 210 ta medal (40 ta oltin, 78 ta kumush, 92 ta bronza)ni qo‘lga kiritdi.
Jahon kimyo sanoati xabarlari: Yevropa oziq-ovqat xavfsizligi boshqarmasi (EFSA, Bryussel, Belgiya) stirolni toksik emas deb tan oldi. Yevropa Komissiyasi topshirigʻi asosida oʻtkazilgan ilmiy tadqiqotga koʻra, stirol polimerlaridan tayyorlangan materiallar oziq-ovqat bilan aloqa qilganda inson salomatligi uchun xavf tugʻdirmaydi.
Jahon kimyo sanoati xabarlari: Germaniyaning BASF kimyoviy konserni qayta ishlangan materiallardan tayyorlangan poliefirsulfonni taqdim etdi.
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) “Oʻzkimyosanoat” AJ bilan bilan hamkorlikdagi qoʻshma loyiha doirasida Koreyaning nufuzli oliygohida kimyo sohasida magistratura (8 ta oʻrin) va doktorlik (PhD, 8 ta oʻrin) yoʻnalishlarida grant asosida barcha harajatlar qoplangan holda taʼlim olish uchun tanlovlar eʼlon qiladi!