“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ boshqaruv raisi To‘lqin Zaripov rahbarligida korxonadagi xotin-qizlar masalalariga qaratilgan “Rahbar va xotin-qizlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Bugun “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ boshqaruv raisi To‘lqin Zaripovning navbatdagi kollegial yig‘ilishida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining joriy etilishi boʻyicha murojaati o‘qib eshittirildi.
Qashqadaryo viloyat hokimligida 15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan Qashqadaryoda ibratli oila namunasi bo‘lib kelayotgan, farzandlar tarbiyasi va ularning ilmli hamda kasb-hunarli bo‘lishi, shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va yosh oila vakillarini o‘z ortidan ergashtirishga katta xizmat qilayotgan oila vakillari ishtirokida tantanali tadbir o‘tkazildi.
Joriy yilning 22-iyun sanasida Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ qoʻshma korxonasiga OAV vakillari uchun press-tur tashkillashtirildi. Unda press-tur ishtirokchilari zavod faoliyati, ishlab chiqarish jarayonlari, yangi loyihalar, ishchilarga yaratilayotgan sharoitlar va “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham yaqindan tanishishdi.
Talablar: oliy ma'lumot; o'z sohasida ish tajribasiga, geologiya va konchilik, kimyo va loyihalashtirish sohalarida ish malakasiga ega bo'lish; o'zbek va rus tillarini bilish, ingliz tilini bilgan nomzod ustunlikka ega bo'ladi; Microsoft Office, Autodesk AutoCAD, Autodesk REVIT kompyuter dasturlarini bilish.
“O'zkimyosanoatloyiha” AJ loyihalashtirish instituti ishga taklif qiladi: bosh geolog, marksheyder, geodezist, texnolog, konstruktor, iqtisodchi, buxgalter.
Bugun "Dehqonobod kaliy zavodi" AJda “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
“Деҳқонобод калий заводи” АЖ тоғ-кон мажмуасининг 2 нафар ходимларини "Маркшейдерлик иши” бўйича малакасини оширишни ташкил қилиш. Ўқув машғулотлар белгиланган режа асосида. Ўқув машғулот давомийлиги: 72 соат. Ўқув машғулотлар шартномада кўрсатилган муддатда бошланиб, натижаси тингловчиларга мутахассислик гувоҳномаси бериш билан якунланади. Ўқув машғулоти масофавий онлайн ўтказилишига рухсат берилади.
19-aprel kuni “O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan tasdiqlangan ““O’zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarida konferensiyalar o‘tkazish to‘g‘risida” gi 5-son buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda tarmoq korxonalarining bosh muhandislari ishtirokida navbatdagi konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Voleybol boʻyicha erkaklar oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqada “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ yigitlari korxona sharafini munosib himoya qilishdi va 1-oʻrinni qoʻlga kiritishdi.