Bugun “O‘zkimyosanoat” AJning Tarmoq ilmiy-texnik kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Ma’lumki, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari mustahkamlanib bormoqda. Xususan, kimyo sanoati rivojida ham bunday manfaatli munosabatlarning o‘rni beqiyos. Xitoyning Urumchi shahrida o‘tkazilgan hududlararo forumda ishtirok etgan “Navoiyazot”AJ mutaxassislari ikki mamlakat vakillarining kelajakdagi istiqbolli loyiha hamda tashabbuslariga guvoh bo‘lishdi.
Joriy yilning 29-sentabr kuni Berlin shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari va Germaniya Federativ Respublikasi kansleri Olaf Shols ishtirokida sammit boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ikki mamlakat oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni alohida taʼkidladi. Tomonlar energetika va kimyo sanoati sohasida kooperatsion aloqalarni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi.
Kuni-kecha korxona sexlari rahbarlari va kasaba uyushma qo‘mitasi raislari bilan hamkorlikda “Kuch-birlikda” shiori ostida sayyor seminar o‘tkazildi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.
Memorandum doirasida qo'shma korxona tashkil etish orqali O'zbekiston Respublikasi hududida “Metanol asosida keng mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish” va “Lineykalik alkilbenzol ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihalarini amalga oshirishda hamkorlik qilish ko'zda tutilgan.
Yig'ilishda yoshlar yetakchilari tomonidan yarim yillik hisobotlar tinglandi. Yoshlarga qo'yilgan eng ustuvor vazifalardan biri kimyo sanoatini rivojlantirish hamda yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish to'g'risida innovatsion loyihalar ustida ishlash ekanligi ta'kidlandi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida” 27 oktyabrdagi PF-6096-son Farmoniga muvofiq tanlovda xalqaro mutaxassislar, shuningdek vatandoshlar ishtirok etishga haqli.
Yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish, sifatli ish olib borishga erishish, xavfsizlikni ta’minlash, mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishda xodimlar malakasini oshirish katta ahamiyatga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisidagi” farmoni, “2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash, xodimlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, kitobxonlikka keng targʻib etish maqsadida tarmoq korxonalarida “Kitobxon xodim” tanlovining ilk bosqichlari oʻtkazilgan edi.