Innovatsion rivojlanish vazirligi binosida tashkillashtirilayotgan “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarining innovatsion mahsulotlari koʻrgazmasi boshlandi.
20 noyabr kuni Xitoyning eng yirik shina ishlab chiqaruvchisi Shandong Linglong Tire Co., Ltd. va “Bars” brendi ostida shina ishlab chiqaruvchi “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ o'rtasida zavodni “General Motors” korporatsiyasi standartlariga muvofiq sertifikatlashga texnik ko'mak berish va omolagatsiya ishlarini amalga oshirish bo'yicha 4 yil muddatga shartnoma imzolandi.
Xotin-qizlarning har tomonlama yetuk mutaxassis boʻlib kamol topishiga boʻlgan intilishlarini qoʻllab-quvvatlash, iqtidorli xotin-qizlarning ixtirochilik va innovatorlik salohiyatini aniqlash, ular orasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish hamda innovatsion gʻoya, loyiha va texnologiyalarini ishlab chiqarish maqsadida har yili “Oʻzkimyosanoat“ AJ tarmoq korxonalarida faoliyat yuritayotgan 50 yoshgacha boʻlgan mutaxassis xotin-qizlar oʻrtasida “Eng faol innovator ayol” koʻrik-tanlovi oʻtkaziladi.
Bugun "Maxam-Chirchiq" AJda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-iyundagi “Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining mazmun- mohiyatini tushuntirish yuzasidan seminar o‘tkazildi.
Ma’lumki, joriy yilning 17-19-iyun kunlari Navoiy shahri delegatsiyasi vakillari Xitoyning Xunan provinsiyasi Chjuchjou shahrida rasmiy tashrif bilan bo‘lishgandi. Uchrashuvlar doirasida do‘stona hamkorlikni mustahkamlashning yangi davrini boshlab beradigan 2024-2028-yillarga mo‘ljallangan memorandum imzolangan edi.
Ma’lumki, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari mustahkamlanib bormoqda. Xususan, kimyo sanoati rivojida ham bunday manfaatli munosabatlarning o‘rni beqiyos. Xitoyning Urumchi shahrida o‘tkazilgan hududlararo forumda ishtirok etgan “Navoiyazot”AJ mutaxassislari ikki mamlakat vakillarining kelajakdagi istiqbolli loyiha hamda tashabbuslariga guvoh bo‘lishdi.
Joriy yilning 29-sentabr kuni Berlin shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari va Germaniya Federativ Respublikasi kansleri Olaf Shols ishtirokida sammit boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ikki mamlakat oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni alohida taʼkidladi. Tomonlar energetika va kimyo sanoati sohasida kooperatsion aloqalarni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi.
So‘nggi yillarda kitobxonlikka bo‘lgan e’tibor ancha kuchaygan. Ma’naviy-ma’rifiy sohani takomillashtirishga qaratilgan islohotlarning asosiy bo‘g‘ini sifatida ham aynan kitobxonlik muhim hisoblanmoqda.
Bugun, “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ hamda “Navoiyazot” AJ yoshlari bilan o‘zaro do‘stona uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 avgustda tarmoqni yanada diversifikatsiya qilish maqsadida 2017-2021 yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish Dasturi tasdiqlandi. Unga ko'ra ushbu davr ichida 3,1 mlrd. dollarlik 43 investitsiya loyihalarini amalga oshirish ko'zda tutilgan.