Mamlakatimiz Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi “2022-2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori asosida “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish jarayoniga ilmiy yondashuvlar asosidagi yangi ishlanmalar joriy etilib, innovatsion loyihalar amalga oshirilmoqda.
Jahon kimyo sanoati xabarlari: Syurixdagi Shveysariya oliy tyexnika maktabi olimlari fotosintez qiladigan, oʻsish va tarkibidagi sianobakteriyalar orqali karbonad angidrid soʻrib olish qobiliyatiga ega futuristik qoplamani yaratdishdi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ mineral oʻgʻitlarni yetkazib berish borasida fermer va dehqon xoʻjaliklari bilan hamkorlikda faol ish olib bormoqda. Xususan, mineral oʻgʻitlarni birjadan sotib olish tartibini fermerlarga tushuntirish, brokerlarga qanday murojaat qilish, mineral oʻgʻitlarni birja savdolari orqali sotib olish, tiketni korxonaga yetkazish yoki ushbu tiket orqali omborxonadan yuklash xizmatlari tizimi va tartibi tushuntirib borilmoqda.
Hozirgi kunda “Oʻzkimyosanoat” AJ tizim korxonalarida mehnat qilayotgan yosh xodimlar soni 5227 nafarni tashkil etadi. Bunday katta va salohiyatli yosh jamoani har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, huquqiy va medisavodxonligini oshirish, sport va intellektual tanlovlarga jalb qilish, qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor qilib borishda zamonaviy va kreativ yondashuv zarur. Buning uchun ular bilan bevosita faoliyat yuritadigan yoshlar maslahatchilarning bilim-koʻnikmalarini muntazam oshirib borish lozim.
“Oʻzkimyosanoat” AJning “Manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish siyosati” talablari asosida jamiyatda manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor qilishning tartibi oʻrnatilgan.
Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida “Toshkent kislorod zavodi” UK negizida zamonaviy tibbiyot kislorodi ishlab chiqarishni tashkil etish investitsiya loyihasi asosida mahalliy investor tomonidan koronavirus pandemiyasi sharoitida respublika shifoxonalarini tibbiyot kislorodiga bo'lgan talabini qondirish maqsadida “OXYGEN TASHKENT” MChJ tashkil etildi.
Joriy yilning 11-aprel kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tegishli bandlarining 2022-yil 1-chorakdagi ijrosi yuzasidan “Oʻzkimyosanoat” AJ ishtirokida Matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda jamiyat boshqaruvi raisi J.Mirzamahmudov, boshqaruv raisining oʻrinbosari E.Korjikov, departament, boshqarma va boʻlim boshliqlari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalari Komplayens xizmati tomonidan 2022-yil davomida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Bugun “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK bosh direktori Jahongir Mustafayev mas'ullar bilan birgalikda korxonadan 250 km uzoqlikdagi “Jamansay” karyerida bo'ldi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ Oʻzbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 20-moddasiga muvofiq Sizga quyidagilarni maʼlum qiladi.