“O`zkimyosanoat” AJ tizimidagi “Maxam-Chirchiq” AJning Ammiak-1 ishlab chiqarish sexi sintez bo`linmasida bugun sodir bo`lgan portlash va yong’in natijasida ishchi xodimlar va korxonaning boshqa ishlab chiqarish maydonlari hamda aholi yashash punktlariga zarar yetmagan. Shu bilan birga atrof muhitga zararli gazlar tarqalmagan. Bu bo`yicha barcha xavfsizlik choralari o`z vaqtida ko`rilgan. Yong’inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Korxonaning barcha boshqa sexlari uzluksiz belgilangan tartibda ish faoliyatini davom ettirmoqda.
Bugun poytaxtimizda “Oʻzkimyosanoat” AJ va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan birga amalga oshirilayotgan “Oʻzbekistonda Kimyoviy texnologiyalar markazi salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida master-planning jamoatchilik eshituvi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarda xodimlarning faol ishtirokini ta’minlash, yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta oʻzlashtirgan, kuchli bilimga ega boʻlgan xodimlarni qoʻllab-quvvatlash va ularga oʻz iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish hamda ularni ragʻbatlantirish maqsadida 1-sentabr – Mustaqillik bayrami munosabati bilan joriy yilning 23-avgust kuni “Oʻzkimyosanoat” AJ markaziy apparati va tarmoq korxonalari xodimlari oʻrtasida “Zakovat” intellektual turniri oʻtkazildi.
“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Sport nafislik va salomatlik manbai” shiori ostidagi gimnastrada sport musobaqasida ishtirok etdi.
Bugun, 30-aprel kuni Urumchi shahrida Oʻzbekiston - Xitoy iqtisodiy forumi boʻlib oʻtdi.
200 nafardan ziyod ishtirokchi qatnashayotgan va 10 dan ortiq investitsiya loyihalari taqdim etilayotgan mazkur nufuzli tadbir Oʻzbekiston va MDH mamlakatlaridagi yirik sintez-gazini qayta ishlash korxonalari, hokimiyat organlari, ishlab chiqarish texnologiyalari litsenziarlari, uskuna ishlab chiqaruvi va yetkazib beruvchilar, injiniring va loyiha-qurilish kompaniyalarini bir maydonda jamladi.
Mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, xususan, sanoat korxonalarining atrof muhitga taʼsirini kamaytirish orqali ekologik holatni yaxshilash borasida izchil ishlar olib borilmoqda. Xususan, “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarida atrof-muhitni muhofaza qilish masalalarida kompleks yondashuv va strategik rejalashtirishning samarali va zamonaviy usullari joriy etilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 21 iyuldagi “Navoiyazot” AJda ammiak va karbamid ishlab chiqarish korxonasi qurilishi” investitsion loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-2372-sonli qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Yaponiyaning “Mitsubishi Heavy Industries, Ltd” va “Mitsubishi Corporation” kompaniyalari konsortsiumi bilan hamkorlikda umumiy qiymati 985,74 mln. doll.ga teng investitsiyaviy loyihani amalga oshirmoqda.
O‘zbek xalqining milliy maqollari juda ko‘p, ularning til va unga yaqin bo‘lgan mavzulardagi maqollaridan namunalar
Unda “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi — matbuot kotibi Rustambek Eshbekov quyidagilarni maʻlum qildi.