“Ammofos-Maxam” AJ hududida zamonaviy sulfat kislotasi ishlab chiqarish zavodi ishga tushish arafasida. “Almalyk Sulphuric Acid” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu loyiha O‘zbekiston kimyo sanoatining rivojlanishiga xizmat qiladi.
AOKAda o‘tkazilgan brifingda "O‘zkimyosanoat" AJ Axborot xizmati rahbari Hojiakbar To‘laganov bu haqda batafsil ma’lumot berdi. Xususan, ekinlarni mineral oʻgʻitlar bilan oziqlantirishi kerak boʻlgan lekin xarid qilishga imkoniyati cheklangan yoki yetarli mablagʻga ega boʻlmaganlar uchun maqbul yechim taklif qilinadi.
Yig'ilishda “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarining ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish hamda texnik rivojlantirish, standartlashtirish bo'yicha mutaxassislari ishtirok etishdi.
Дорогие студентки вузов и будущие химические лидеры! Мы объявляем о старте регистрации на нашу Республиканскую Олимпиаду по Химии для Девочек!
Bugun “Oʻzkimyosanoat” AJ da “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ bilan birgalikda xodimlarni zamonaviy usullardan foydalangan holda boshqarish, xodimlarda korxonaga nisbatan aloqadorlik hissini yanada oshirish, kimyo sanoati tarmogʻida ishchi-xodimlar oʻrtasida mehnat munosabatlarini toʻgʻri tashkil etish maqsadida seminar-trening boshlandi.
D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiyalari universitetining Toshkent shahridagi filialida “Qadriyatlar oyligi” doirasida Talabalar festivali oʻtkazildi. Festivalda professor-oʻqituvchilar, talaba-yoshlar hamda nuroniylar ishtirok etishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2024-yil 20-iyun sanasida muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yigʻilishidagi topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida kuni kecha “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda Jamiyat rahbariyati, mutaxassislar hamda oliygohlarning bitiruvchi talaba yoshlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“Kimyo sanoati yosh mutaxassislari” milliy forumida ishtirokchilar sport musobaqalarida oʻz korxonalari shaʼnini munosib himoya qilishdi.
“Kimyo sanoati yosh mutaxassislari” milliy forumining eng muhim tanlovi boʻlgan “Eng yaxshi innovatsion gʻoya” koʻrik-tanlovi yosh mutaxassislarning yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish, sanoatda tejamkor texnologiyalarni samarali qoʻllash, tabiat resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.
Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari!