Joriy yilning 7-iyul kuni “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 13316 tonna 33118,1 mln. so‘mlik mineral o‘g‘itlar sotildi. Bir kun oldin bu ko‘rsatkich yuqori bo‘lgan, ya’ni 6-iyul kuni 37818,7 mln. so‘mlik 14318 tonna mineral o‘g‘itlar sotilgan.
Bugun City Palace mexmonxonasida “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimiga kiruvchi “Jizzax Plastmassa” AJ Ustav kapitalidagi aksiyalarining birlamchi ommaviy taklifini (IPO) o'tkazish yuzasidan rasmiy marosim tashkil etildi.
O'zbekiston Milliy matbuot markazida fermer va dehqon xo'jaliklariga ko'rsatilayotgan agrokimyoviy xizmatlarni yanada takomillashtirish masalalariga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi. “O'zkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi raisining o'rinbosari X.Bekbergenov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimiz iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar samarasida kimyo sanoati ham jadal rivojlanayotganini alohida ta'kidladi.
«O'zkimyosanoat» AJ Tel.: (99878) 140-74-59 (devonxona) Tel.: (99878) 140-74-08 Faks: (99878) 140-74-01 100011, O'zbekiston, Toshkent sh., Navoiy k., 38. e-mail: uzkimyosanoat@uks.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori, 30.04.2004 y. №204
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida, xususan, kimyo sanoatida innovatsiya va resurslarni maqbullashtirishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Bu jarayonda yuqori talabga ega va istiqbolli texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish borasida amaliy harakatlar izchil davom ettirilmoqda.
Joriy yilning yanvar-iyun oylari davomida mamlakatimizda kimyo sanoatida yuqori faollik va ijobiy natijalar qayd etildi. Mazkur davrda sohada 9,4 trln soʻmlik tovar mahsulotlari ishlab chiqarilib, belgilangan reja 107,3 foizni tashkil etdi. Bu esa oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 108,1 foizlik oʻsishni anglatadi.
Poytaxtimizda “Mahalliy kontentni oshirishda importni optimallashtirish” mavzusidagi "Uzbek Import Fair 2025" I-xalqaro koʻrgazmasi oʻz ishini boshladi.
Virjiniya universiteti olimlari "HydroSpread" deb nomlangan yangi texnologiyani taqdim etishdi. Bu texnologiya yordamida yumshoq robototexnikada ishlatiladigan egiluvchan plyonkalar yaratiladi. Ushbu plyonkalar asosida tadqiqotchilar suv yuzasida harakatlana oladigan ikki turdagi kichik robot — HydroFlexor va HydroBuckler prototiplarini yaratishdi. Bu robotlar qanotlar yordamida suzish va suv ustida yuradigan hasharotlar — suvterilarga oʻxshab oyoqlarini egish kabi harakatlarni bajara oladi. Olimlar bu ishlanmani turli sohalarda — sogʻliqni, elektronika va atrof-muhit monitoringida qoʻllashni taklif qilmoqdalar.
Avval xabar berganimizdek, Toshkent shahridagi “Oʻzekspomarkaz”da Bojxona qoʻmitasi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamkorligida mamlakatimizda ilk bor tashkil etilgan “Uzbek Import Fair 2025” I-xalqaro koʻrgazmasi oʻz faoliyatini davom ettirmoqda. Koʻrgazma “Mahalliy kontentni oshirishda importni optimallashtirish” mavzusiga bagʻishlangan boʻlib, unda jahonning turli mamlakatlaridan qator kompaniyalar vakillari ham ishtirok etmoqda.