"O‘zkimyosanoat" AJ va “CRPT TURON” MChJ o‘rtasida O‘zbekistonda mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilish vositalari sohasida raqamli markirovkalash tizimini rivojlantirish va kengaytirishga qaratilgan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjat Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 203-son qarori maqsadlarini amalga oshirish uchun imzolangan bo‘lib, tomonlarning sohani raqamli transformatsiya qilishda uzoq muddatli hamkorlikka intilishini mustahkamlaydi.
O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni himoya qilish Davlat qo'mitasi veb-saytida “O'zkimyosanoat” AJ tarkibiga kiruvchi korxonalarda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat ekologik nazorati amalga oshirildi” sarlavhali axborot chop etildi. Ushbu axborot respublikaning boshqa saytlari hamda ijtimoiy tarmoqlarida ham yoritildi. Shu munosabat bilan “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati quyidagilarni ma'lum qiladi.
“O‘zkimyosanoat” AJda barcha tarmoq korxonalarining ekologiya va atrof- muhitni himoya qilish bo‘yicha mutaxassislari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ nomidan barcha matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini kasb bayramlari bilan tabriklaymiz! Sizlarning mashaqqatli mehnatingiz dunyo hamjamiyatida muhim ahamiyatga ega. Saʻy-harakatlaringiz va ijodingiz tufayli biz eng soʻnggi yangiliklar, qiziqarli maqolalar va aktual dasturlardan bahramand boʻlamiz. Barchangizga muvaffaqiyatlar va ijodiy parvozlar tilaymiz! Bayram muborak boʻlsin!
Axborot tizimini ishlab chiqish, amalga oshirish, takomillashtirish va kafolatli qoʻllab-quvvatlash. Axborot tizimi texnik shartlarning talablariga javob berishi kerak. “Dehqonobod kaliy zavodi” AJning barcha korxonalarida tayyor mahsulotlarni markirovkalash, mahsulotlarni joʻnatish va tayyor mahsulotlar harakati, omborlar, tayyor mahsulotlarni savdosi, korporativ hisoboti va maʻlumotlarni umumlashtirishni boshqarish uchun modullarining apparat va dasturiy qismlarini joriy etish zarur.
Axborot tizimini ishlab chiqish, amalga oshirish, takomillashtirish va kafolatli qoʻllab-quvvatlash. Axborot tizimi texnik shartlarning talablariga javob berishi kerak. “Farg’onaazot” AJning barcha korxonalarida tayyor mahsulotlarni markirovkalash, mahsulotlarni joʻnatish va tayyor mahsulotlar harakati, omborlar, tayyor mahsulotlarni savdosi, korporativ hisoboti va maʻlumotlarni umumlashtirishni boshqarish uchun modullarining apparat va dasturiy qismlarini joriy etish zarur.
“Dehqonobod kaliy zavodi” aksiyadorlik jamiyati tayyor mahsulotlarni hisobga olish va sotishni, RFID texnologiyasi asosida markirovkalash orqali, avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etishga tanlov eʼlon qiladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 8 yanvar kuni joriy yilgi investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish masalalariga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda hukumat a'zolari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari ishtirok etdi.
“O`zkimyosanoat” AJ korxonalarida tayyor mahsulotlarni markirovkalash bo`yicha avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish.
“O`zkimyosanoat” AJ korxonalarida tayyor mahsulotlarni markirovkalash bo`yicha avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish.