Bugun “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi Odil Temirov boshchiligida “Vema Carbon” kompaniyasi mutaxassislari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“O'zekspomarkaz”da “Made in Uzbekistan” deb nomlangan mamlakatimiz iqtisodiy soha yutuqlari ko'rgazma-yarmarkasi ish boshladi. Ko'rgazma ochilish marosimida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat va jamoat tashkilotlari, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan diplomatik korpus vakillari, mahalliy va chet ellik ishbilarmonlar qatnashdi.
Jahon kimyo sanoati xabarlari: Yangi Zelandiyada joylashgan Ballance Agri-Nutrients kompaniyasi SpreadWise nomli yangi raqamli vositani eʼlon qildi. U oʻgʻitlash jarayonini optimallashtirish uchun sunʼiy intellekt va geomaydon xaritalashdan foydalanadi.
“Navoiyazot” AJda suvni zararsizlantirish uchun xlor tabletkalar ishlab chiqarish texnologiyasi yaratildi va ularni ishlab chiqarish uchun sanoat - tajriba qurilmasi yasaldi. Mahsulotning sinov partiyasi ishlab chiqarildi va hozirda tegishli normativ hujjatlar va tavsiyanomalar tayyorlash ustida ish olib borilmoqda. Xlor tabletkalaridan ichish va texnik suvni zararasizlantirish, suzish havzalarni,sanitar-taxnik uskunalarni tozalash uchun foydalanish mumkin.
«O'zkimyosanoat» DAK tarmog'ida fuqaro murojaatlari bilan ishlash O'zbekiston Respublikasining 03.12.2014 yildagi «Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to'g'risidagi» №O'RQ-378 Qonun, O'zbekiston Respublikasining 11.
Mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, xususan, sanoat korxonalarining atrof muhitga taʼsirini kamaytirish orqali ekologik holatni yaxshilash borasida izchil ishlar olib borilmoqda. Xususan, “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarida atrof-muhitni muhofaza qilish masalalarida kompleks yondashuv va strategik rejalashtirishning samarali va zamonaviy usullari joriy etilmoqda.
“Maxam-Chirchiq” Aksiyadorlik Jamiyatida ishlab chiqarilayotgan mineral o‘g‘itlar va boshqa mahsulotlarni vaqtinchalik saqlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalarni tuzishda tadbirkorlik subyektlari va boshqa talabgor korxonalar o‘rtasida teng raqobatbardoshlik jarayonini xolis va shaffof o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida, Andijon viloyati hududida jamiyat tomonidan ishlab chiqarilgan mineral o‘g‘itlarni saqlashga mo‘ljallangan vakolatli omborlarni tashkil etish tanlov asosida o‘tkazilishini e’lon qiladi.
Jahon kimyo sanoati xabarlari: Yangi raqamli mahsulotni Xitoy fan va texnologiya universiteti professori Syun Yuysze boshchiligidagi amerikalik, yevropalik va xitoylik kimyogarlar guruhi yaratishdi. Sunʼiy intellekt asosidagi tizim kerakli katalizatorlarni tezda ishlab chiqish va samaraliroq ishlash uchun ularning tuzilmasini optimallashtirish imkonini beradi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 200 million tup manzarali va mevali daraxtlar hamda butalar koʻchatlari va qalamchalari ekiladi, bunda: hududlarning tuproq-iqlim sharoitiga mos koʻchat turlarini tanlab, bahorgi va kuzgi mavsum uchun manzilli dasturlarni ishlab chiqish; manzilli dasturlarni Ekologiya vazirligiga kiritish; bahorda 125 million tup va kuzda 75 million tup manzarali, mevali daraxtlar va butalar koʻchatlari hamda qalamchalarini ekishni tashkil etish belgilanmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “2024-yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash toʻgʻrisida” PQ-5281-son hamda 2022-yil 14-fevraldagi “Oʻzbekiston sportchilarini navbatdagi yozgi va qishki Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun tayyorgarlik qilish ishlarini jadallashtirish toʻgʻrisida”