“Oʻzkimyosanoat” AJda Eron Islom Respublikasi Neft vazirining oʻrinbosari Ahmad Asadzoda boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda ikki mamlakat oʻrtasida neft-kimyo sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqish imkoniyatlari, jumladan, kimyo sanoati mahsulotlari eksport va importi borasida hamkorlikni kengaytirish, birgalikda yuqori qoʻshimcha qiymatga ega boʻlgan neft-kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.
“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatining Polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasi uchastka boshligʻi Safarov Sunnatillo Suyunovich “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash toʻgʻrisidagi farmoni bilan “Oʻzkimyosanoat” AJ tizimidagi “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatining Polipropilen qop ishlab chiqarish sexi operatori Fayzullayeva Nasiba Nurullayevna “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi.
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) “Oʻzkimyosanoat” AJ bilan bilan hamkorlikdagi qoʻshma loyiha doirasida Koreyaning nufuzli oliygohida kimyo sohasida magistratura (8 ta oʻrin) va doktorlik (PhD, 8 ta oʻrin) yoʻnalishlarida grant asosida barcha harajatlar qoplangan holda taʼlim olish uchun tanlovlar eʼlon qiladi!
Oʻzining yuksak azmu shijoati, bilim va salohiyati, isteʼdod va qobiliyatini namoyon etib, turli sohalarda erishgan yutuqlari bilan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotiga, uning shon-shuhratini jahon miqyosida yanada yuksaltirishga munosib hissa qoʻshayotgan, el-yurtimizga mehri va sadoqati, namunali xulqi va odobi hamda vatanparvarlik fazilatlari bilan tengdoshlariga har tomonlama oʻrnak boʻlib kelayotgan tashabbuskor va yetakchi yoshlar qatorida “Oʻzkimyosanoat” AJ tizimidagi “Navoiyazot” AJning Polivinilxlorid ishlab chiqarish, kaustik soda va metanol majmuasida faoliyat yurituvchi Sharipova Mahliyo Esan qizi Prezidentimiz tomonidan “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi.
Bugun “Oʻzkimyosanoat” AJda Yaponiyaning yirik savdo kompaniyalaridan biri hisoblangan “Marubeni” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda kompaniyaning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi yangi rahbari Kensuke Nishiyama tanishtirildi. Shu bilan birga, hozirgi kunda Yaponiya va Sharqiy Osiyo mamlakatlarida mineral oʻgʻitlar hamda kimyoviy maxsulotlarga boʻlgan talab yuqori ekanligini inobatga olgan holda, Oʻzbekistondan ushbu maxsulotlarni sotib olish imkoniyatlarini oʻrganib chiqish boʻyicha kelishib olindi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati xodimlarini koronavirus infektsiyasiga qarshi emlashning ikkinchi bosqichi o'tkazildi. Tashkilot xodimlarini koronavirus infektsiyasiga qarshi emlashda ZF-UZ-VAC 2001 nomli Xitoy-O'zbek vaktsinasidan foydalanildi.
O'zbekiston Respublikasi Qonuni, 26.04.1996 y. №223-I
Nomlanishi Boʻsh ish oʻrinlari, ishga qabul qilish shartlari, nomzodlarga qoʻyiladigan talablar va taqdim qilinishi lozim boʻlgan hujjatlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar Ochiq ma’lumotlarni taqdim etuvchi tashkilot "O’zkimyosanoat" AJ Soha Aholi Ma’lumot to‘plami raqami uks-od-016 Ma’lumot to‘plamini yangilanish davriyligi Сhorak Ma’lumotlar turi Yangilanadigan Mas’ul shaxs Axmedov Azizbek Muxammadiyevich Mas’ul shaxs telefon raqami +998781407459 Mas’ul shaxs elektron pochta manzili info@uks.
Nomlanishi Tasarrufdagi xizmat uylari va boshqa koʻchmas mulklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Ochiq ma’lumotlarni taqdim etuvchi tashkilot "O’zkimyosanoat" AJ Soha Moliya Ma’lumot to‘plami raqami uks-od-013 Ma’lumot to‘plamini yangilanish davriyligi Сhorak Ma’lumotlar turi Yangilanadigan Mas’ul shaxs Axmedov Azizbek Muxammadiyevich Mas’ul shaxs telefon raqami +998781407459 Mas’ul shaxs elektron pochta manzili info@uks.