Wyndham mehmonxonasida O'zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O'zEOAVMA) tomonidan tashkil etilgan “Davlat tashqi qarzi: qarz mablag'larini sarflash yo'nalishi va loyihalarning samaradorligi” mavzusida brifing bo'lib o'tdi.
Nomlanishi Oʻzlarining tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning nomi, faoliyat turi, funksiya va vakolatlari hamda rahbarlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar Ochiq ma’lumotlarni taqdim etuvchi tashkilot "O’zkimyosanoat" AJ Soha Moliya Ma’lumot to‘plami raqami uks-od-014 Ma’lumot to‘plamini yangilanish davriyligi Сhorak Ma’lumotlar turi Yangilanadigan Mas’ul shaxs Axmedov Azizbek Muxammadiyevich Mas’ul shaxs telefon raqami +998781407459 Mas’ul shaxs elektron pochta manzili info@uks.
“Oʻzkimyosanoat” AJda 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan sport musobaqalari va "Zakovat" intellektual o'yini tashkil etildi.
Oila — jamiyatning asosiy boshlang'ich bo'g'ini, go'zal urf-odatlar, milliy qadriyat va an'analarni o'zida asrovchi, asrlar osha tarbiyada o'ziga xos milliylikni shakllantiruvchi muqaddas maskan. Oila tinch bo'lsa, mahalla tinch, jamiyat farovon, davlat mustahkam bo'ladi.
Samarqand shahrida boʻlib oʻtayotgan ShHT sammiti doirasida “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi J.Mirzamahmudov hamda Xitoyning “China CAMC Engineering Co., LTD” kompaniyasi boshqaruvi raisi, janob Van Bo ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi hududida kimyo sanoati sohasida qator istiqbolli loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish toʻgʻrisida bitim imzolash marosimi oʻtkazildi.
Joriy yilning 4 iyun kuni soat 22:16da “Talimarjon” IES energobloki avariyaviy holatda to'xtaganligi sababli “O'zkimyosanoat” AJga qarashli “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ ob'ektlarida elektr uzilishi kuzatildi. Natijada jamiyatning tog'-kon va qayta ishlash majmualarining asosiy ishlab chiqarish qurilmalari ish faoliyati 5 iyun soat 00:24gacha to'xtab qoldi. Bundan tashqari jamiyatni suv bilan ta'minlaydigan suv nasoslari ham to'liq to'xtadi. Korxona mutaxasisilari tomonidan yuzaga kelgan holat bartaraf etilishi natijasida 5 iyun soat 05:43da suv ta'minot qayta tiklandi hamda korxona o'z ish faoliyatini boshladi.
Yaqinda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Kimyogar” oromgohida “Kimyo sanoati yosh mutaxassislari” ilmiy-intellektual forumi bo‘lib o‘tdi. “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati, tizim korxonalari hamda Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi hamkorligida tashkil etilgan ushbu forumda soha mutaxassislari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Ona tilini bemehnat sevib bo'lmaydi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktyabrdagi “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga binoan ona tilimizning istiqboldagi taraqqiyotiga oid koʻplab masalalar oʻz yechimini topmoqda.
Toshkent shahridagi “Texnopark” majmuasida 29-oktyabr kuni O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan biznes-forum hamda ikki davlat sanoat ko‘rgazmasi o‘tkazildi.
“O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi Timur Muxamedjanov va “Ximgrad” AJ bosh direktori Ayrat Gizzatullin hujjatlar almashishdi. Shuningdek, biznes-forum doirasida Chirchiq texnoparkiga 12 nafar yangi rezidentni qabul qilish bo‘yicha umumiy qiymati 108 million dollarlik shartnoma imzolandi.