Yangi qonun bilan gender tenglikni ta’minlash kafolatlari yaratilgani O‘zbekistonda bu masala davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganini ko‘rsatdi va bu mamlakatimizning inson huquqlari sohasidagi ilg‘or qadamidan nishonadir.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 16.06.2017 yildagi №PQ-3067
Xitoy va O'zbekiston o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar rivojiga 1991 yilning 27 dekabrida asos qo'yilgan – shu kuni Xitoy O'zbekiston mustaqilligini tan olgan. Diplomatiya munosabatlari esa 1992 yil 2 yanvari kuni o'rnatilgan edi. Oradan o'tgan yillar davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, kredit-moliya va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning o'suvchanligi bilan O'zbekiston – Xitoy sherikligi ajralib turdi. Zamonaviy bosqichda barcha sohalardagi aloqalarni qamrab olgan O'zbekiston-Xitoy hamkorligi do'stona va o'zaro manfaatli munosabatlar xususiyatini kasb etgan. Ikki davlat rahbarlarining o'zaro ishonchga asoslangan munosabatlari bunga asos bo'lib kelmoqda. Muntazam tus olgan oliy darajadagi, jumladan, xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning sammitlari doirasidagi tashriflar hamda uchrashuvlar bu fikrning tasdig'idir.
Prezident Islom Karimovning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 22 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasi
2014 yil 18 aprelda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yilning I choragida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari muhokamasiga va shu yil 17 yanvarda respublika Hukumatining majlisida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan 2014 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim vazifalari va ustuvorliklarini amalga oshirishni baholashga bag'ishlangan majlisi bo'lib o'tdi.
MUQADDIMA Biz, O‘zbekistonning yagona xalqi, inson huquq va erkinliklariga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, davlat suvereniteti prinsiplariga sodiqligimizni tantanali ravishda e’lon qilib, demokratiya, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik g‘oyalariga sadoqatimizni namoyon qilib, inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadigan insonparvar demokratik davlatni, ochiq va adolatli jamiyatni barpo etish borasida hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatimizni anglagan holda, davlatchiligimiz rivojining uch ming yildan ziyod tarixiy tajribasiga, shuningdek jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va ma’naviy merosiga tayanib, mamlakatimizning bebaho tabiiy boyliklarini ko‘paytirishga hamda hozirgi va kelajak avlodlar uchun asrab-avaylashga hamda atrof-muhit musaffoligini saqlashga astoydil ahd qilib, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsip va normalariga asoslangan holda, O‘zbekistonning jahon hamjamiyati, eng avvalo, qo‘shni davlatlar bilan do‘stona munosabatlarini hamkorlik, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, tinchlik va totuvlik asosida mustahkamlash hamda rivojlantirishga intilib, fuqarolarning munosib hayot kechirishini, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni, ko‘p millatli jonajon O‘zbekistonimizning farovonligini va gullab-yashnashini ta’minlashni maqsad qilgan holda, ushbu Konstitutsiyani qabul qilamiz va e’lon qilamiz.