Joriy yilning 24 aprel kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 6451 tonna 14062 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi, bir kun avval bu ko'rsatkich yuqori bo'lgan ya'ni 23 aprel kuni 17666 mln. so'mlik 8787 tonna mineral o'g'itlar sotilgan.
“O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi yoshlar yetakchilari bilan uchrashdi. Unda jamiyat tizimidagi korxonalar rahbarlari ham onlayn tarzda ishtirok etishdi.
Xususan, tabiiy fanlarga moʻljallangan sinfxonalar, laboratoriya xonalari zarur jihozlar va uskunalar bilan taʼminlanib, oʻquvchilarning sifatli ta’lim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 10 iyul kuni mamlakatimizda mutlaqo yangi soha bo'lgan atom energetikasini barpo etish bo'yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi. Dunyoda gaz, neft, ko'mir va boshqa manbalarga bo'lgan talab kun sayin ortmoqda. Bu, o'z navbatida, ushbu resurslar zaxirasining keskin kamayib ketishiga olib kelayotir. Shuning uchun butun bashariyat – ehtiyoj uchun ishlatiladigan resurslarning muqobilidan foydalanishga harakat qilmoqda. Shulardan biri tinchlik maqsadlari yo'lida atom elektr energetikasini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Hozirda jahonning 30 dan ziyod mamlakatida atom elektr stantsiyalaridan samarali foydalanilmoqda. Bu mamlakat iqtisodiyotiga katta foyda keltirish bilan birga, tabiiy resurslar tejalishiga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 14.06.2022 yildagi PF-154-son
Samarqand shahrida O`zbekiston – Rossiya 3-ta’lim forumi o`tkazilmoqda. Unda Oʻzbekiston va Rossiya tomonidan 200 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, ishlab chiqarish korxonalari vakillari, vazirlik va idoralar masʼullari ishtirok etishmoqda. Ta’lim va ilm-fan rivojiga alohida e’tibor qaratuvchi “O`zkimyosanoat” AJ ham ushbu nufuzli tadbirda faol qatnashmoqda. Forumda “O`zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi o`rinbosari Yevgeniy Korjikov ham ma’ruza o`qidi.