КУН ТАРТИБИ: “Oʻzkimyosanoat” AJ ustav kapitalini kamaytirish. E’lon qilingan aksiyalarning eng ko‘p miqdorini aniqlash. “Oʻzkimyosanoat” AJ ustaviga o‘zgartirish kiritish orqali uni yangi tahrirda tasdiqlash.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad texnopark rezidentlarining ishlab chiqarish faoliyati bilan tanishish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar assortimentini o‘rganishdan iborat.
Kasb bayramingiz bilan samimiy tabriklaymiz! Qonuniylik, adolat va yuksak mas’uliyat tamoyillariga asoslangan mehnatingiz - huquq-tartibotni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashga qo‘shayotgan beqiyos hissadir.
“Kimyo sanoati yosh mutaxassislari” forumi doirasida shaxmat musobaqasi tashkil etildi. Unda 32 nafar ishtirokchi munosib bellashdi.
Bugun Oʻzkimyosanoat AJ da 8-dekabr Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi” nomli tadbir boʻlib oʻtdi.
Bugun “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda Germaniya Federativ Respublikasining Linde kompaniyasi vakillari uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Tashrif davomida korxona faoliyati, yangi loyihalar bilan yaqindan tanishish, maxsus film uchun tasvirga olish ishlarini amalga oshirish, Matbuot xizmati faoliyatini zamonaviy yondashuvda yo’lga qo’yish yuzasidan seminarlar, yoshlar bilan uchrashuv, ochiq muloqot va so’rovnomalar o’tkazish reja qilingan.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati mamlakatimiz kimyosanoati tizimida faoliyat yuritayotgan yosh kimyogarlarni va yurtimizning barcha yoshlarini “Yoshlar kuni” bilan muborakbod etadi! Yurtimiz rivoji va jahon hamjamiyatidagi nufuzini oshirish yo'lida olib borayotgan izlanishlaringizga muvaffaqiyatlar tilaymiz. Sizlarga mustahkam sog'lik hamda yangi marralarni zabt etishingizda kuch-g'ayrat tilaymiz.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tashkilot tizimidagi yangi korxonalardan biri “Tashkent Polymer Syntez” mas'uliyati cheklangan jamiyati faoliyati, ishlab chiqarish jarayoni hamda mahsulotlar turi bilan jurnalist va blogerlarni yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan press-tur boshlandi. Press-tur tafsilotlarini "O'zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyatining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarida to'g'ridan-to'g'ri jonli efirda kuzatishingiz mumkin.
D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti filialining birinchi kurs talabalari uchun 2020-2021 o'quv yilining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirda Rossiya kimyo-texnologiya universiteti rektori A.G.Majuga, Toshkent shahridagi filial ijrochi direktori J.T.Mirzamaxmudov, filial direktori S.N.Filatov, filial xodimlari va talabalar ishtirok etdilar.