Wyndham mehmonxonasida O'zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O'zEOAVMA) tomonidan tashkil etilgan “Davlat tashqi qarzi: qarz mablag'larini sarflash yo'nalishi va loyihalarning samaradorligi” mavzusida brifing bo'lib o'tdi.
Turkiston ijtimoiy-siyosiy harakatining eng yirik namoyandasi, Turkiston jadidlari rahnamosi, mustaqil jumhuriyat g‘oyasining bayroqdori, yangi maktabchilik nazariyotchisi va amaliyotchisi, o‘zbek dramaturgiyasi asoschisi, noshir Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875-1919-y.) tariximizning g‘oyat og‘ir va murakkab bir davrida yashadi.
Unda oʻquvchilar bilan yurtimiz kimyo sanoati va kimyo fanining ahamiyati haqida qiziqarli va samarali suhbat tashkil qilindi. Shu bilan birga, tadbir davomida maktab kimyo laboratoriyasi uchun “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan 2022-2023 oʻquv yilida amaliy mashgʻulotlarida foydalanish uchun zarur boʻladigan kimyoviy reagentlar toʻplami taqdim etildi.
D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filialida 2023-2024 oʻquv yili uchun navbatdagi kirish imtihonlari oʻtkazilmoqda.
“Деловая Россия” jurnalining №1-2|2022 sonida “Oʻzkimyosanoat”: sanoat kimyosi innovatorlari” sarlavhasi ostida maqola chop etildi. Unda “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda jamiyat tomonidan ishlab chiqarishni yanada diversifikatsiya qilish, sanoatga innovatsion texnologiyalarni keng joriy qilish, yuqori qoʻshimcha qiymatga ega kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarishni taʼminlash hamda kadrlar tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida soʻz yuritilgan.
Gulyamov Sardor Alisherovich “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Yig'ma axborot-tahlil departamentining Hujjatlarni ro'yxatga olish va nazorat qilish bo'limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan "Oʻzkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyatida "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" shiori ostida tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.
I. 2023-yilda erishilgan asosiy koʻrsatkichlar. Sanoat – kimyo korxonalari tomonidan 2023-yilda 15,7 trln soʻm (biznes rejaga – 103,8 foiz, oʻsish surʼati – 97,4 foiz) tovar mahsulotlari ishlab chiqarildi.
Joriy yilning 21-oktabr kuni “Oʻzkimyosanoat” AJda Jamiyat Komplayens xizmatining III chorak yakunlari yuzasidan hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda “Oʻzkimyosanoat” AJ rahbariyati, departament, boshqarma va boʻlim boshliqlari, shu bilan birga Jamiyat tizim korxonalari rahbarlari va masʼul xodimlar ishtirok etishdi.
Nomzodga qoʻyiladigan talablar: 30 yoshdan 35 yoshgacha; Iqtisod, moliya, moliyaviy kredit, yurisprudensiya sohasida oliy maʼlumot; Moliya, iqtisod, audit, nazorat taftish, gʻaznachilik, davlat xaridlarini boshqarish va yurisprudensiya sohalari boʻyicha kamida besh yillik ish tajribasi (moliyaviy nazorat, gʻaznachilik va davlat xaridlari sohalarida ishlagan boʻlsa ustunlik beriladi); Moliyaviy nazorat, davlat xaridlari, komplayens nazorat, ishlab chiqarish bilan bogʻliq sohalarda kamchiliklarni tekshirish, aniqlash hamda tekshiruv natijalarini hujjatlashtirish, zamonaviy fikrlash, soha boʻyicha takliflar berish hamda ularni joriy etish; Oʻzbek tilini yozma va ogʻzaki nutq uchun erkin darajada bilishi shart. Rus va ingliz tillarini bilishi maʼqullanadi; Kompyuter savodxonligi, ofis dasturlarini mukammal bilish;