Memorandum doirasida qo'shma korxona tashkil etish orqali O'zbekiston Respublikasi hududida “Metanol asosida keng mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish” va “Lineykalik alkilbenzol ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihalarini amalga oshirishda hamkorlik qilish ko'zda tutilgan.
Joriy yil 30 iyun kuni “Qo'ng'irot soda zavodi”da “A” markali “og'ir” kaltsinatsiyalangan soda olindi. Keyingi 3 kun davomida ishlab chiqarish quvvatlari to'liq rejimga chiqishi rejalashtirilmoqda.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida joriy yilning 21 noyabr kuni Ozarbayjon Respublikasining neft va kimyo sohasidagi yirik kompaniyalaridan biri “SOCAR”, Shvetsariyaning “SOCAR Trading SA” hamda Saudiya Arabistonining “Chemtrade LLC” kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya a'zolari ishtirokida rasmiy uchrashuv o'tkazildi.
Joriy yilning 13-19 va 21-iyul kunlari Navoiy shahri hududini changsimon tutun qopladi. Aholi orasida bu vaziyat «Navoiyazot» AJ faoliyati bilan bogʻliq degan asossiz fikrlar keng muhokamaga sabab boʻlmoqda.
Bugun, iqtisodiyotning oʻsishi bilan kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanish darajasi ham mutanosib ravishda oʻsib bormoqda. Bu mahalliy sanoatni yanada rivojlantirish, ishlab chiqarishda qoʻshimcha qiymat zanjirini yaratish, ichki tarmoq va tarmoqlararo kooperatsiyani kengaytirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlarini koʻpaytirish maqsadida kimyo sanoatining salohiyatini kengaytirishga qaratilgan choralar bilan ham izohlanadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev kimyo sanoatidagi loyihalar ijrosi va tarmoqni diversifikatsiya qilish bo‘yicha rejalar taqdimoti bilan tanishdi.
Т/r F.I.O. Ish joyi Lavozimi Tegishli aksiyalar Boshqa tashkilotlarda ish turi soni joy lavozimi 1. Temirov Odil Shukurovich “O‘zkimyosanoat” AJ Boshqaruv raisi - 0 - - 2.
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad Texnopark infratuzilmasi va ishlab chiqarish salohiyati bilan tanishish, shuningdek, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks moliyaviy yechimlarni taqdim etishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, “O‘zkimyosanoat” AJ ishchi guruhi Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida o‘rganish ishlari olib bormoqda.
Korxona haqida qisqa ma'lumot Pochta manzili 180405, O'zbekiston Respublikasi, Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani Korxona rahbari Zaripov To‘lqin Ergashevich Telefon, faks (+99875) 6125005 Vebsayt uz-potash.