“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida tashkilot tizimida yashirin iqtisodiyot va korruptsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish bo'yicha 2020-2021 yillarga mo'ljallangan “Yo'l xaritasi” ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi. Videokonferentsaloqa tarzida o'tgan tadbirda “O'zkimyosanoat” AJ rahbar-xodimlari, tizimdagi ishlab chiqaruvchi korxonalar rahbarlari, Komplaens xizmati xodimlari va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professor-o'qituvchilari ishtirok etdi.
evropa Ittifoqining “65 loyihasi” bo'yicha “Xavfsizlikni oshirish va qaltisliklarni kamaytirish uchun Markaziy Osiyo mamlakatlarida kimyoviy va biologik chiqindilarni boshqarishni kuchaytirish” mavzusidagi mintaqaviy seminar tashkil etildi.
Kuni kecha “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati va qator tashkilotlar hamkorligida talaba qizlar uchun kimyo fani bo‘yicha olimpiada o‘tkazildi. Olimpiadani o‘tkazishdan maqsad mamlakatimizda istiqbolli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish yo‘lida yaqindan yordam berishdir.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 10-iyun kuni qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni kengaytirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. Mamlakatimizda inson qadrini ulugʻlash barcha ishlarda ustuvor tamoyil etib belgilangan.
Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari U.Sharifxadjaev, “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi J.Mirzamahmudov, O'zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vaziri o'rinbosari Ya.Abdulxakov, “Kitob markazi - Kitob dunyosi” tarmoq savdo markazlari muassisi, jurnalist Sh.Axundjanov, Xalqaro fan olimpiadasi g'oliblari va ommaviy axborot vositasi vakillari ishtirok etdi.
Mazkur sana dunyo mamlakatlari tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Аssambleyasining 2003-yil 21-noyabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq 2004-yildan boshlab keng miqyosda nishonlab kelinadi. Xususan, mamlakatimizda ham shu sanaga bag`ishlab, har yili turli tadbirlar tashkil etilgan holda, korrupsiya illatiga birgalikda qarshi kurashish ishlari amalga oshirib kelinmoqda.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi lavozimiga filologiya fanlari nomzodi Ergasheva Shahnoza Obidjonovna tayinlandi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 apreldagi PQ-4265-sonli «Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qaroriga muvofiq «Qo'ng'irot soda zavodi» MChJ ustav kapitalining 51 foiz miqdoridagi ulushi sotilishi nazarda tutilgan.
2025-yil 23-oktabr kuni Belgiyaning Bryussel shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yevropada O‘zbekiston iqtisodiyoti kunlari” biznes-forumi doirasidagi rasmiy tashrifi chog‘ida NEXTCHEM kompaniyasi (MAIRE Group tarkibiga kiruvchi sho‘ba korxona) va “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida O‘zbekistonda uglerodni ushlash va saqlash (CCS) texnologiyasini joriy etish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalarida sodir boʻlgan muhim voqealarning haftalik dayjesti ◾️25-noyabrdan 20-dekabrgacha “Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalarida Aksilkorrupsiya oyligi eʼlon q...