Avval xabar berganimizdek, poytaxtimizdagi “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazmalar zalida Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi boʻlib oʻtdi.
Polivinilxlorid polietilen va polipropilendan so‘ng dunyodagi eng ko'p ishlatiladigan sintetik plastik polimerlar qatorida 3-o‘rinda turadi. Tabiiyki, oq va mo'rt holatdagi PVX qurilish, sog'liqni saqlash va oziq-ovqat sanoatida keng qo'llaniladi.
Tadqiqotchilar tabiiy hujayralar kabi oqsillarni ifoda eta oladigan sunʼiy hujayralarni ishlab chiqishdi. Biokatalitik polimerizatsiya natijasida hosil boʻlgan oʻz-oʻzini yigʻish (bioPISA) deb nomlangan jarayon orqali yaratilgan yangi tuzilmalar fermentativ reaksiyalar va biomineralizatsiya uchun mikroreaktor sifatida ishlatilishi mumkin.
San-Paulu universiteti (Braziliya) tadqiqotchilari suvdagi mikro va nanoplastikalarni yoʻq qilish uchun arzon va ayni paytda samarali vositani ishlab chiqishdi. Texnologiya magnit nanozarrachalarni qoʻllashga asoslangan boʻlib ular mayda chiqindilar yuzasiga yopishib oladi va uni oʻziga singdiradi, keyin esa parchalanadi.
Tibbiy polimerlarning jahon bozori 2024-yildagi 41,1 milliard dollardan 2029-yilga kelib 60,5 milliard dollargacha oʻsishi kutilmoqda.
Xabar berib borayotganimizdek, “Oʻzkimyosanoat” AJ fermerlar va soha vakillari ishtirokida hududlarda “Mineral oʻgʻit - moʻl hosil garovi” mavzusida turkum amaliy seminarlar oʻtkazib kelmoqda.
Bu galgi amaliy muloqot Andijon viloyatining Shahrixon tumani fermerlari va dehqonlari bilan o‘tkazildi.
“O‘zkimyosanoat” AJga Ohangaron tumanidagi “Tut”, “Nurobod”, “O‘zbekiston”, “Ubayd” va “Yangi Hayot” mahallalarida istiqomat qiluvchi 60 nafar ishsiz yoshlar biriktirilgan.
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining Barqaror iqtisodiy oʻsish orqali aholi farovonligini taʼminlash yoʻnalishi boʻyicha 2025-yilga qator amaliy tadbirlar moʻljallangan.
Davlatimiz rahbarining “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi farmonida mamlakat rivojlanishiing ustuvor yondashuvlari belgilab berildi.