Hisobotda Jamiyatning atrof-muhit, ijtimoiy va korporativ boshqaruvga (ESG) bogʻliq yondashuvlari taqdim etilgan. Ushbu hisobot Global Reporting Initiative (GRI) xalqaro standartlari asosida tayyorlangan boʻlib, kompaniyaning barqaror rivojlanish, korporativ boshqaruv, atrof-muhit va ijtimoiy koʻrsatkichlari boʻyicha natijalarni oʻz ichiga oladi hamda kompaniyaning oshkoralik va javobgarlikka boʻlgan intilishini aks ettiradi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev kimyo sanoatidagi loyihalar ijrosi va tarmoqni diversifikatsiya qilish bo‘yicha rejalar taqdimoti bilan tanishdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan qishloq xoʻjaligida yangi zaxiralarni ishga solish hamda 2024-yilgi ustuvor vazifalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida koʻtarilgan muhim masalalar va topshiriqlar ijrosi yuzasidan maxsus reportaj.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat idoralari oʻrtasida 2023-yil uchun ochiqlik indeksi natijalari eʼlon qilindi.
“O'zkimyosanoat” AJ ERM xalqaro maslahatchisi bilan birgalikda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) koʻmagida O'zbekistondagi eng yirik azotli o'g'itlar ishlab chiqaruvchi “Navoiyazot” AJ negizida kam uglerodli rivojlanish bo'yicha “yo'l xaritasi”ni tayyorladi.
2019 yilning yanvar-mart oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 1636,8 mlrd. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarilib, o'sish sur'ati 120,6%ni tashkil qildi. Sof holda 334,96 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 252,17 ming tonna azotli, 37,77 ming tonna fosforli va 45, 02 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi. Hisobot davrida birja savdolariga fizik holda 1276,5 ming tonna mineral o'g'it chiqarildi va shundan 681,7 ming tonnasi sotildi.