Agrofos-D, entolikur, dalate, entolucho. Yana davom ettirish mumkin bo'lgan bu ro'yxatda o'simliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qiluvchi zamonaviy kimyoviy vositalarning nomlari keltirilgan. Tez orada mamlakatimiz bog'bonu dehqonlariga o'zimizda ishlab chiqariladigan shu kabi preparatlar taklif etila boshlanadi. Zero, ilgari mahalliy kimyo sanoatimizda bu kabi vositalar ishlab chiqarilmas, 2003 yildan buyon Namangan viloyatidagi “Ifoda agro kimyo himoya” mas'uliyati cheklangan jamiyati qishloq xo'jaligi korxonalarini bunday mahsulotlar bilan xorijiy kompaniyalarning distribyutori sifatida chetdan keltirib ta'minlar edi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 27 iyun kuni Toshkent shahrida videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda 2017 yil birinchi yarim yilligida eksport dasturining ijrosi, mahalliy mahsulotlarni yangi xorijiy bozorlarga sotish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining eksport faoliyatini yanada qo'llab-quvvatlash, qishloq xo'jaligi va sanoat mahsulotlarini eksportga yo'naltirish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi ko'rib chiqildi.
O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan tadbirkorlarning huquqiy bilimini oshirishga bag'ishlangan seminar-trening o'tkazildi. Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan e'tibor tufayli mamlakatimiz iqtisodiyoti barqaror rivojlanib, xalqimiz farovonligi tobora yuksalib borayotgani alohida ta'kidlandi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2016 yil 26 dekabrdagi “2017-2019 yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning istiqbolli loyihalarini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori mahalliylashtirish ko'lamini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda. Qaror bilan tasdiqlangan dasturga muvofiq, kelgusi ikki yilda mamlakatimizda 3 milliard 400 million dollarlik qariyb 1 ming 150 loyihani amalga oshirish ko'zda tutilgan.
O'zbekiston Savdo-sanoat palatasida 14 mart kuni Kanadaning Rossiya va Yevroosiyodagi Ishbilarmonlik assotsiatsiyasi (CERBA) boshqaruvi raisi Neytan Xant bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Savdo-sanoat palatasi raisi Alisher Shayxov bilan muloqot chog'ida O'zbekiston bilan Kanada o'rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik izchil rivojlanayotgani ta'kidlandi. Bugungi kunda mamlakatimizda Kanada kapitali ishtirokidagi qariyb qirq korxona faoliyat yuritmoqda.