O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 8 yanvar kuni joriy yilgi investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish masalalariga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda hukumat a'zolari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari ishtirok etdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev joylarda amalga oshirilayotgan islohotlar, olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish maqsadida 15 noyabr kuni Qoraqalpog'iston Respublikasiga tashrif buyurdi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o'rinbosari S.Safoev boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi 21-24 avgust kunlari Frantsiyada bo'ldi. Tarkibida O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari A.Abduhakimov, Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari qo'mitasining raisi A.Saidov, madaniyat vaziri o'rinbosari K.Oqilovalar bo'lgan mamlakatimiz delegatsiyasi qator muzokaralar va uchrashuvlarda ishtirok etdi. Unda ikki tomonlama hamkorlikka oid istiqbolli kelishuvlarga erishildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni qabul qilindi. Farmonga ko'ra, aholi va mamlakat iqtisodiyotining elektr energiyasiga bo'lgan o'sib borayotgan ehtiyojini qondirish, shuningdek, energiya hosil qiluvchi quvvatlarni ko'paytirish hisobiga energiya bilan barqaror ta'minlash, energetika sektorini diversifikatsiya qilish, atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish va ushbu yo'nalishlarga ilg'or innovatsion texnologiyalarni joriy etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Atom energetikasini rivojlantirish agentligi (“O'zatom” agentligi) tashkil etiladi.