Joriy yil 3 fevral kuni “O'zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi N.S.Ibragimov Qirg'iziston Respublikasi Hukumati huzuridagi davlat moddiy rezervlar Jamg'armasi raisi J.K.Jumabekov bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish yo'nalishlari hamda o'zaro ahamiyatga ega bo'lgan masalalar muhokama etildi.
Barsakelmas tuz konidan mart-dekabr oylarida xar oyda 32000 tonnadan jami yil davomida 320000 tonna texnik tuz mahsulotini Qo‘ng‘irot soda zavodi MCHJ QK siga avtomashinada yetkazib berish xizmati bo‘yicha tanlovni e’lon qiladi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Matbuot xizmati O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 apreldagi “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish to'g'risida”gi PQ-4265-sonli Qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlarga bag'ishlangan matbuot anjumani tashkil etilishini ma'lum qiladi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Matbuot xizmati rahbari Xaitova Mastura Xusanovna Boshqaruv raisining axborot siyosati masalalari bo'yicha maslahatchisi — matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.
Har bir til tarixiy taraqqiyot natijasida boyib boradi. Mazkur jarayon tilning o'z ichki imkoniyatlari asosida va boshqa tillardan so'z o'zlashtirish orqali yuz beradi. Mamlakatlar va xalqlar o'rtasida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-madaniy munosabatlarning kuchayishi, ayniqsa, bir-biriga qo'shni xalqlarning o'zaro aloqalari natijasida bir tildan boshqasiga yangi tushunchalarni ifoda qilgan so'z-atamalar qabul qilinadi. Bugungi globallashuv zamonida bu jarayon yanada kuchaydi.
Nomlanishi Oʻzlarining tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning nomi, faoliyat turi, funksiya va vakolatlari hamda rahbarlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar Ochiq ma’lumotlarni taqdim etuvchi tashkilot "O’zkimyosanoat" AJ Soha Moliya Ma’lumot to‘plami raqami uks-od-014 Ma’lumot to‘plamini yangilanish davriyligi Сhorak Ma’lumotlar turi Yangilanadigan Mas’ul shaxs Axmedov Azizbek Muxammadiyevich Mas’ul shaxs telefon raqami +998781407459 Mas’ul shaxs elektron pochta manzili info@uks.
Joriy yilning 11-dekabr kuni “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparki faoliyati, unda ayni paytga qadar amalga amalga oshirilgan loyihalar va kelgusi rejalariga bagʻishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. Tadbirda Texnopark rahbariyati, rezidentlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi va uni amalga oshirish boʻyicha PQ-330-sonli qaror aholi turmush farovonligini oshirish, eng muhimi, “Inson qadri uchun” tamoyilini hayotga tatbiq etishda muhim qadam boʻldi.
Janubiy Koreyaning Dejon va Yeosu shaharlarida KOICA (Koreya Xalqaro Hamkorlik Agentligi) tomonidan tashkil etilgan “Kor-UZ”qoʻshma ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida seminar boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbir Oʻzbekiston kimyo sanoatining raqobatbardoshligini oshirish hamda Oʻzbekiston Kimyo Texnologiyalari Markazini (UzCCT) yanada rivojlantirishga qaratildi.
Koreya Ilg‘or Fan va Texnologiya Instituti (KAIST) tadqiqotchilari glyukoza va glitserin kabi qayta tiklanuvchi uglerod manbalaridan muhim aromatik uglevodorodlar — benzol, toluol, etilbenzol va para-ksilol (BTEX) — olish imkonini beradigan integrallashgan bioximiyaviy jarayonni yaratdilar. PNAS (Proceedings of the National Academy of Sciences) jurnalida chop etilgan maqolaga ko‘ra, ushbu ishlanma neft-kimyo tarmog‘ini qazib olinadigan xom-ashyolarga bo‘lgan qaramligini kamaytirish asosiga aylanishi mumkin.