D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filialida Qatardagi Texas A&M universitetining (Texas A&M University Qatar) tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasining dotsenti (Associate professor) Sherzod Madraximov bilan universitet talabalarining uchrashuvi tashkil etildi.
Har qanday sohaning taraqqiyoti unda faoliyat olib borayotgan mutaxassis va kadrlarning salohiyatiga bevosita bogʻliq. Shu maʼnoda “Oʻzkimyosanoat” AJ ushbu masalaga jiddiy eʼtibor qaratib kelmoqda.
2024-yil davomida “Oʻzkimyosanoat” AJga jami 394 ta (2023-yilda 510 ta) ariza va shikoyatlar kelib tushgan. Viloyatlar kesimida tahlil qilinganida, Qoraqalpogʻiston Respublikasidan 10 ta, Buxoro viloyatidan 2 ta, Jizzax viloyatidan 3 ta, Qashqadaryo viloyatidan 86 ta, Navoiy viloyatidan 124 ta, Namangan viloyatidan 2 ta, Samarqand viloyatidan 9 ta, Surxandaryo viloyatidan 2 ta, Toshkent viloyatidan 108 ta, Fargʻona viloyatidan 6 ta, Andijon viloyatidan 1 ta, Xorazm viloyatidan 1 ta, Toshkent shahridan 31 ta, boshqa hududlardan 9 ta ariza va shikoyatlar kelib tushgan boʻlib, ulardan 64 tasi korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va qonunbuzilish holatlari haqidagi murojaatlardir.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida tashkil etilgan press-tur davomida malakali mutaxassislar tadbir ishtirokchilariga korxona faoliyati va ishlab chiqarilayotgan maxsulot turlari haqida ma'lumot berdi.
Mamlakatimiz Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi “2022-2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori asosida “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish jarayoniga ilmiy yondashuvlar asosidagi yangi ishlanmalar joriy etilib, innovatsion loyihalar amalga oshirilmoqda.
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqdagi kanallarning birida “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga daxldor masala yuzasidan xabar e'lon qilindi. Shu munosabat bilan “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati quyidagilarni ma'lum qiladi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati barcha harbiy xizmatchilarni va yurtdoshlarimizni 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” va O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo'lsin!
Yigʻilishda “Oʻzkimyosanoat” AJ Komplayens xizmati bosh mutaxassisi J.Zikirov yigʻilish ishtirokchilarini kun tartibidagi masala bilan tanishtirib, quyidagilarni maʼlum qildi: “Ichki xizmat tekshiruvlarini oʻtkazish siyosati” “Oʻzkimyosanoat”AJning 2020-yil 9-oktyabrdagi №87-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan boʻlib, ushbu siyosatning maqsadi Jamiyatda ichki tekshiruvlarni oʻtkazishda yagona yondashuvni aniqlash, yuzaga kelgan yoki kelishi mumkin boʻlgan qonunbuzarliklarga toʻgʻri javob berishni taʼminlash, jarayonni va ichki tekshiruv natijalarini hujjatlashtirish uchun talablarni belgilash, qonunbuzarliklarning sodir boʻlishiga va Jamiyatning faoliyatiga zarar yetkazilishiga sabab boʻlgan omillar va sharoitlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish boʻyicha tegishli takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Bugun “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 55-Xalqaro Mendeleev kimyo olimpiadasida g'olib bo'lgan o'quvchilarning D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filialiga tashrifi tashkil etildi.