“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Boshqaruv raisining tizimdagi korxona va tashkilotlarning yoshlar yetakchilari bilan uchrashuvi tashkil etildi. Videokonferentsiya orqali o'tkazilgan uchrashuvda “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxona va tashkilotlar yoshlar yetakchilari, korxona rahbar-xodimlari va faol yoshlar ishtirok etdi.
Jahon kimyo sanoati xabarlari: Xitoyning Gonkong universiteti (CUHK) mutaxassislari choy qoʻziqorini ichimligidan plastik muqobilini yaratishdi. Mahsulot choy va shakarni bakteriya va xamirturush bilan achitish tufayli olingan. Natijada polimer tipidagi bakterial sellyuloza ajratib olingan. Tadqiqot mualliflaridan biri Ngay Toning taʼkidlashicha, undan biologik parchalanuvchi qadoqlash sifatida foydalanish mumkin.
Hashar ancha yillardan buyon saqlanib kelayotgan, insonlarni bir maqsad yoʻlida birlashishga, yurt ravnaqi va farovonligiga oʻz hissasini qoʻshishga chorlaydigan milliy anʼanalarimizdan biri.
Milliy Mass-mediani qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan "Media va kommunikatsiyalar maktabi" loyihasi doirasida matbuot kotiblari uchun malaka oshirish kursi o'tkazilmoqda. Uch kun davom etadigan malaka oshirish kurslarida vazirlik, idora, tashkilot va kompaniyalar Matbuot kotiblari qatorida "O'zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati Matbuot xizmati rahbari ham ishtirok etmoqda.
Har bir til tarixiy taraqqiyot natijasida boyib boradi. Mazkur jarayon tilning o'z ichki imkoniyatlari asosida va boshqa tillardan so'z o'zlashtirish orqali yuz beradi. Mamlakatlar va xalqlar o'rtasida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-madaniy munosabatlarning kuchayishi, ayniqsa, bir-biriga qo'shni xalqlarning o'zaro aloqalari natijasida bir tildan boshqasiga yangi tushunchalarni ifoda qilgan so'z-atamalar qabul qilinadi. Bugungi globallashuv zamonida bu jarayon yanada kuchaydi.
Majburiyatlar: Transformatsiya dasturining nazorat ostidagi loyihalari va tadbirlarining samarali amalga oshirilishi va bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; Nazorat hujjatlarini, jumladan, loyiha portfeli, yoʻl xaritasi, Transformatsiya dasturining nazorat roʻyxatini ishlab chiqish, yangilash va tasdiqlashda ishtirok etadi. Zarur hollarda Transformatsiya dasturining nazorat hujjatlariga oʻz vaqtida tuzatishlar kiritilishini taʻminlaydi.
Jahon kimyo sanoati xabarlari: Xitoyning Sun Yatsen universiteti olimlari sanoat gazlarini oʻgʻitlar va kimyoviy moddalar ishlab chiqarish uchun asosiy xom ashyo boʻlgan karbamidga aylantirish yoʻlini topdi.
Jahon kimyo sanoati xabarlari: Nottingem universiteti olimlari aviatsiya, temir yoʻl va sanoat tarmoqlari uchun yuqori samarali qoplamalar ishlab chiqaruvchi Indestructible Paint kompaniyasi bilan hamkorlikda bakteriya va viruslarni oʻldiradigan boʻyoq yaratishdi.
Ish o‘rni nomi: “1C” dasturchi Qabul qilinadigan xodimlar soni: 5 nafar Quyidagilarni bilish kerak: - “1C” – axborot tizimida konfiguratsiyalash va dasturlash, yangi konfiguratsiyalar ishlab chiqish; - “1C” 7.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan o'tkazilayotgan “Mustaqillik – bebaho ne'mat” mavzusidagi esselar tanlovi kimyo sanoati tizimida O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligini munosib nishonlash, mustaqillikni bebaho qadriyat sifatida keng targ'ib etish va u bergan imkoniyatlardan unumli foydalanish, o'zbek tilining davlat tili sifatidagi mavqe va nufuzini mustahkamlash, lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to'liq o'tilishini ta'minlash va ishchi-xodimlarning savodxonligini oshirish borasidagi ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirishga qaratilgan.