Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-sentabr kuni kimyo sanoatida erishilgan asosiy ko‘rsatkichlar va rejalashtirilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.
Joriy yilning 5-avgust kuni “Oʻzkimyosanoat” AJ Komplayens xizmati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi DXX, Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda “Oʻzkimyosanoat” AJ tizimida ishlab chiqarilayotgan mineral oʻgʻitlar eksporti bilan bogʻliq korrupsion holatlarni bartaraf etish, mazkur sohada noqonuniy faoliyat olib borayotgan uyushgan jinoiy guruhning firibgarlik, taʼmagirlik hamda tovlamachilik jinoyatlariga chek qoʻyish maqsadida tekzor faol tadbir oʻtkazildi.
Majburiyatlar: Transformatsiya dasturining nazorat ostidagi loyihalari va tadbirlarining samarali amalga oshirilishi va bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; Nazorat hujjatlarini, jumladan, loyiha portfeli, yoʻl xaritasi, Transformatsiya dasturining nazorat roʻyxatini ishlab chiqish, yangilash va tasdiqlashda ishtirok etadi. Zarur hollarda Transformatsiya dasturining nazorat hujjatlariga oʻz vaqtida tuzatishlar kiritilishini taʻminlaydi.
Joriy yilning 23-mart kuni Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida joylashgan, mamlakatimizning, xususan Chirchiq shaharining iqtisodiy hayotida gʻoyat muhim ahamiyatga ega boʻlgan “Chirchiq” Kimyo-industrial texnoparkining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanov, Oʻzbekiston va Tatariston hukumati, vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari, kimyo va neft-kimyo sanoati vakillari, tadbirkorlar, mahalla faollari va faol yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
Joriy yilning 18-iyul kuni “O`zkimyoimpeks” MCHJ hamda Gruziyaning “Wondernet Express Investment Group” kompaniyasi o`rtasida hamkorlik memorandumini imzolash marosimi bo`lib o`tdi. Mazkur memorandum orqali sheriklik munosabatlarini o`rnatish, uzoq muddatli, samarali va o`zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish maqsad qilingan.
Yangi qo'shma korxona ishga tushirildi 2019 yil 8 fevralda “Farg'onaazot” hududida AJ «Winchemical» MChJ yangi qo'shma korxona ishga tushirildi. Unda yiliga 7,8 mln. dona polietilen oboylar ishlab chiqariladi. Nizom jamg'armasi 150 ming AQSh dollarni tashkil qilgan qo'shma korxonani Janubiy Koreyaning «Winhousing International Co.
2016 yilning yanvar-iyun oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 1237,8 mlrd. so'mlik tovar mahsulot (o'sish sur'ati 106,2%) hamda 107,2 mlrd. so'mlik xalq iste'mol mollari (o'sish sur'ati 88,1%) ishlab chiqarildi. Sof holda 667,8 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 529,6 ming tonna azotli o'g'itlar, 81,8 ming tonna fosforli o'g'itlar va 56,5 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.
2016 yilning yanvar-mart oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 576,6 mlrd. so'mlik tovar mahsulot (o'sish sur'ati 103,3%) hamda 51,1 mlrd. so'mlik xalq iste'mol mollari (o'sish sur'ati 110,9%) ishlab chiqarildi. Sof holda 328,46 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 266,1 ming tonna azotli o'g'itlar, 35,9 ming tonna fosforli o'g'itlar va 26,46 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.
2015 yilning yanvar-dekabr oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 2187,5 mlrd. so'mlik tovar mahsulot (o'sish sur'ati 108%) hamda 185 mlrd. so'mlik xalq iste'mol mollari (o'sish sur'ati 117,6%) ishlab chiqarildi. Sof holda 1234,38 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 942,72 ming tonna azotli o'g'itlar, 148,42 ming tonna fosforli o'g'itlar va 143,24 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.
Bugun mamlakatimiz kimyo sanoatining eng yirik quvvatlaridan biri boʻlgan “Navoiyazot” Aksiyadorlik jamiyati tashkil topganligining 60 yilligi keng nishonlanmoqda.