Umumiy yigʻilish oʻtkazilish kun tartiblari

Oʻzbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni 58-moddasiga asosan barcha oddiy aksiyalar bitta aksiyadorga tegishli boʻlgan jamiyatda aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkazilmaydi. Qonun va jamiyatning ustavi bilan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi vakolatiga kiritilgan masalalar boʻyicha qarorlar bunday aksiyador tomonidan yakka tartibda qabul qilinadi hamda yozma shaklda rasmiylashtirilishi kerak. Bunda 7-bobning aksiyadorlar umumiy yigʻilishiga tayyorgarlik koʻrish, uni chaqirish va oʻtkazish tartibini hamda muddatlarini belgilovchi qoidalari qoʻllanilmaydi.

“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan muomalaga chiqarilgan 789 819 770 dona egasini nomi yozilgan oddiy hujjatsiz aksiya paketlarining 100 foizi jamiyat yagona aksiyadori – Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tegishli boʻlganligi sababli yuqorida qayd etilgan Qonun talablariga va jamiyat Ustaviga muvofiq jamiyatda aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkazilmaydi. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi vakolatiga kiritilgan masalalar boʻyicha qarorlar Jamiyat yagona aksiyadori tomonidan yakka tartibda qabul qilindi hamda yozma shaklda rasmiylashtirildi.