Jamiyat haqida

"O'zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati — O'zbekiston Respublikasi kimyo korxonalarini birlashtiruvchi yagona komil korporativ tizim. Jamiyat  kimyo korxonalarining ishlab chiqarish, innovatsion va marketing dasturlarini tuzadi va amalga oshiradi hamda shular orqali ham kimyo  sohasining barqaror  rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan muomalaga chiqarilgan 789 819 770 dona egasini nomi yozilgan oddiy hujjatsiz aksiya paketlarining 100 foizi jamiyat yagona aksiyadori – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tegishli.

"O'zkimyosanoat" AJ tarkibiga 24 ta tashkilot kiradi.

Jamiyat maqsadlari:

  • O'zbekiston kimyo tarmog'i mahsulotlarining raqobatbardoshligini ta'minlash;
  • Mamlakatning boy xomashyo zaxiralarini chuqur qayta ishlash;
  • O'z tadqiqotlari va ishlanmalari hamda ilg'or xorijiy texnologiyalarni jalb etish negizida chuqur ilmiy va zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish;
  • Tarmoqda faol ijtimoiy siyosat yuritish, jamiyat korxonalarining mehnat jamoalariga  yuqori ish haqi va munosib ijtimoiy sharoit yaratib berish;
  • Ishlab chiqarishda  ekologik tozalikni ta'minlash, chiqindisiz  texnologiyalarni va atrof-muhitni saqlash dasturlarini joriy etish.

Jamiyat vazifalari:

  • kimyo sanoatini zamonaviylashtirish, rekonstruksiya qilish va texnik qayta jihozlashga yo'naltirilgan yagona texnika siyosati o'tkazish, resurslarni tejaydigan samarali texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish  va butlovchi mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rivojlantirish;
  • qishloq xo'jaligining mineral o'g'itlarga, o'simliklarni himoya qilish bo'yicha kimyoviy vositalariga, shuningdek, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari  kimyoviy mahsulotlarga bo'lgan  joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini marketing tadqiqotlar asosida aniqlash;
  • tarmoqni rivojlantirishning kimyo sanoatini barqaror rivojlantirishga, raqobatbardoshli kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishni ko'paytirishga, eksport salohiyatini kengaytirishga qaratilgan o'rtacha muddatli va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • xorijiy va mahalliy investorlarini jalb  etgan holda, kimyo sanoati korxonalarini  isloh qilish va modernizatsiya qilish;
  • menejmentning zamonaviy usullarini egallagan va bozor sharoitlarida samarali ishlashga qodir bo'lgan muhandis-texnik  va boshqaruv kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash.