Tarkibiy bo'linmalar

 

«O'zkimyosanoat» AJning markaziy apparati (shunigdek, barcha tarkibiy bo'linmalari) quyidagi manzilda joylashgan: 100011, Toshkent sh., O'zbekistan. Navoiy k., 38.

 

Texnik jixatdan tartibga solish va ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish departamenti

Boshliq: Usarov Raxmat Shoazimovich

Telefon: 78 140-74-13

e-mail: tehraz@uks.uz

Asosiy vazifalari: Jamiyat korxonalarining barqaror ishlashiga, respublika qishloq xo'jaligi e'lon qilgan hajmlarga muvofiq mineral o'g'itlar va boshqa turdagi kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarish, yagona texnik siyosatni amalga oshirish, texnik va ekologik xavfsizlikni ta'minlash va resurslarni tejovchi samarali texnologiyalarni tadbiq etishga qaratilgan chora tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. Korxonalar tomonidan mahsulot, shu jumladan xalq iste'moli tovarlarini ishlab chiqarish dasturlari, balanslari, reja va jadvallarini bajarish bo'yicha markazlashgan tezkor boshqaruvni amalga oshirish. Soha doirasida kimyoviy mahsulotlarni yetakazib berilishini muvofiqlashtirish.

Moliya, g'aznachilik operatsiyalari va xaridlar departamenti

Boshliq: Samadov Farrux Xamzaevich

Telefon: 78 140-74-16

e-mail: fin@uks.uz

Asosiy vazifalari: jamiyat korxonalari (bundan keyin “korxonalar”) barqaror rivojlanishiga qaratilgan o'rta muddatli va uzoq muddatli dasturlarining ishlab chiqilishi va amalga tadbiq etilishida qatnashish; hisob kitob mexanizmini takomillashtirish  va to'lov intizomini mustahkamlash bo'yicha chora -tadbirlarni ishlab chiqish; jamiyat korxonalarining moliyaviy faoliyatini tahlil qilish; Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo'mitasi va boshqa vazirlik, idoralarga taqdim etish uchun jamiyat korxona va tashkilotlarining moliyaviy xo'jalik faoliyatiga oid masalalari bo'yicha materiallar tayyorlash va tahlil qilish; jamiyat korxonalari va tashkilotlari faoliyatining moliyaviy ko'rsatkichlari haqida tezkor hisobotlarni tayyorlash va jamiyat rahbariyati, jamiyat apparatining manfaatdor boshqarmalariga taqdim etish; jamiyat korxonalari, tashkilotlarining bir oy, chorak va bir yil uchun moliyaviy ko'rsatkichlarini yig'ish, tizimga solish, o'rganish va tahlil qilish.

Iqtisodiyot va biznesni rejalashtirish departamenti

Boshliq: Abduraxmanova Rano Abdul-axatovna

Telefon: ekonom@uks.uz

e-mail: 78 140-74-18

Asosiy vazifalari: Korxonalarning barqaror rivojlanishi va respublika sohalarining mineral o'g'itlari va boshqa kimyoviy mahsulotga bo'lgan talabini qondirishga qaratilgan  jamiyatning o'rta muddatli va uzoq muddatli rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga tadbiq etish; jamiyat strukturaviy bo'limlari tomonidan mahsulot ishlab chiqarish prognoz ko'rsatkichlarini ta'minlash bo'yicha  ishlarni muvofiqlashtirish; Raqobatni rivojlantirish Davlat qo'mitasi bilan hamkorlik qilish va jamiyatning tuzulmaviy bo'linmalariga xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishga qaratilgan tizimli chora -tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda, xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning nizom jamg'armalaridagi davlatga qarashli bo'lgan aktivlar va aksiya paketlarini(hissalarini) shaxsiy mulkka realizatsiya qilishda ko'maklashish; aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda aksiyadorlar va ko'zatuv kengashlarining rolini tubdan oshirishga, minoritar aksiyadorlarning huquqini ta'minlashga, jamiyatlarning moliyaviy xo'jalik faoliyati natijalari uchun ijro organlarining aksiyadorlar oldidagi mas'uliyatini oshirishga  qaratilgan korporativ boshqaruv tizimining yanada takomillashuvi uchun ishlarni tashkillashtirishda ko'maklashish; jamiyat korxonalari va tashkilotlarining ishlab chiqarish va moliyaviy iqtisodiy faoliyatini tahlil qilish.

Tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, import xaridlarni optimallashtirish  va jahon iqtisodiyotiga intergratsiyalashuv boshqarmasi

Bosh mutaxassis: Isakov Ulugbek Ravshanovich

Telefon: 78 140-74-19

e-mail: marketing@uks.uz

Asosiy vazifalari: Joriy va istiqboldagi talabni, shuningdek ichki va tashqi bozor rivojlanishi yo'nalishlarini aniqlash maqsadida marketing tadqiqotlarini o'tkazish; Marketing va tashqi iqtisodiy faoliyat masalalariga bo'yicha xorijiy hamkorlar bilan biznes aloqalarini o'rnatish; joriy va istiqboldagi talabni, shuningdek ichki va tashqi bozor rivojlanishi yo'nalishlarini aniqlash maqsadida marketing tadqiqotlarini o'tkazish,  sanoat korxonalarining eksport salohiyatini kengaytirishga oid ishlarni muvofiqlashtirish, marketing va tashqi iqtisodiy faoliyat masalalariga bo'yicha xorijiy hamkorlar va biznes tuzilmalar bilan uzoq muddatli hamkorlik o'rnatish; Umumsohaviy vazifalarni bajarish maqsadida jamiyat sanoat korxonalarining marketing, ta'minot-sotuv va tashqi iqtisodiy faoliyati xizmatlari ishini muvofiqlashtirish, ularga xom ashyo, materiallar bilan ta'minlash va tayyor mahsulotni realizatsiya qilish kabi masalalarda ko'maklashish.

Investitsiya faoliyatini istiqbolli rivojlantirish departamenti

Boshliq: Kurbanov Akbar Djaxangirovich

Telefon: 78 140-74-82

e-mail: invest@uks.uz

Asosiy vazifalari: Sohani rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturlarini, shu jumladan loyihalar ro'yxati va ularning moliyalashtirish manbalarini o'z ichiga olgan mahsulotni joylashtirishni(lokalizatsiyalashni) chuqurlashtirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqadi va yangilaydi, loyihaning xususiyatlarini hisobga olgan holda belgilangan tartibda loyihani ishga tushirishdan oldingi  investitsiyaviy taklif va  pasport, biznes-reja , PTEO/TEO, PTER/TER  va boshqa zaruriy axborotni  o'z ichiga olgan hujjatlarning ishlab chiqilishi, kelishilishi va tasdiqlanishini muvofiqlashtiradi; tender(tanlov asosidagi) savdolarning o'z vaqtida o'tkazilishi, shartnomalarning tuzilishi, ekspertizasi va qayddan o'tishi monitoringini amalga oshiradi.

Ichki sotuvni muvofiqlashtirish bo'limi

Boshliq: Abdullaev Gayrat Nosir o'g'li

Telefon: 78 140-74-21

e-mail: tao@uks.uz

Asosiy vazifalari: qishloq xo'jaligining mineral o'g'itlarga, defoliant va boshqa turdagi kimyoviy mahsulotlarga  bo'lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojini aniqlash va marketing o'tkazish; qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga kimyoviy mahsulotni yetkazib berish bo'yicha ishlarni muvofiqlashtirish; har yili jamiyat korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan mineral o'g'itlar va kimyoviy mahsulotlarning maxsuslashtirilgan yarmarka savdolarini, shu jumladan ko'rgazma-savdolarini o'tkazish;  “Qishloqxo'jalikkimyo” HAJ bo'linmalari funktsiyalariga tegishli bo'lgan qishloq xo'jaligini isloh qilish dasturini amalga oshirishda qatnashish; mineral o'g'itlar va kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarish va taqsimlashning yillik balanslarini shakllantirishda, qishloq xo'jaligini  mineral o'g'itlar va kimyoviy mahsulotlar bilan ta'minlash bo'yicha hukumat qarorlari loyihalarini tayyorlashda qatnashish; ichki bozorda talabni o'rganish, qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga mineral o'g'itlarni yetkazib berish uchun talabnomalarni umumlashtirish va shartnomalar tuzish.

Xodimlar bilan ishlash bo'limi

Boshliq: Aripov Voxid Valievich

Telefon: 140-74-12

e-mail: kadr@uks.uz

Asosiy vazifalari: Bo'lim funktsional organlar ishini bajaradi: rejimli-maxfiy, harbiy-safarbarlik, soha korxonalarida va maxfiy rejimlarda harbiy xizmatga majburlarni bron qilish, fuqaroviy muhofazat va o'ta muhim va kategoriyalashtirilgan ob'ektlar himoyasini tashkillashtirish ustidan nazorat(O'M va KO); apparat xodimlari, rahbarlar, korxona va tashkilotlarning bosh mutaxassislari, shuningdek zaxiradagi kadrlarni tanlash, joylashtirish, hisobini yuritish, o'qishini tashkillashtirish, malakasini oshirish; jamiyat apparatida mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish, nafaqalarni rasmiylashtirish; mehnat intizomi holati ustidan nazorat.

Buxgalteriya va korporativ hisoboti boshqarmasi

Boshliq: Babaev Bobur Baxrullaevich

Telefon: 140-74-70

e-mail: buh1@uks.uz

Asosiy vazifalari: Jamiyat apparati bo'yicha to'liq, aniq va o'z vaqtida buxgalterlik hisobi va hisobotlarni yuritish.Buxgalterlik hisoblari schetlarida aktivlar holati va harakatlanishi haqida, mulkchilik huquqlari va majburiyatlari haqida  to'liq va aniq ma'lumotlarni shakllantirish. Jamiyatni samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma'lumotlarini umumlashtirish. Boshqaruv apparati bo'yicha moliyaviy, soliq va statistik hisob –kitobni tuzish. Tasdiqlangan norma, normativ va smetalar asosida “O'zkimyosanoat” AJning mulki joy-joyidaligi va harakatlanishi,  moddiy va moliyaviy resurslaridan foydalanish hisobi yuritilishini ta'minlash. Jamiyat korxonalari, tashkilotlarida zamonaviy va ilg'or  hisob yuritish shakllari va uslublaridan foydalangan holda buxgalteriya hisobini yuritish ustidan metodologik boshqaruvni amalga tadbiq etish. “O'zkimyosanoat” AJning moliyaviy xo'jalik faoliyati buxgalteriya hisobi va hisobotlarini yuritishni tashkillashtirish.

Ichki audit xizmati

Boshliq: Alimova Ziliya Taxirdjanovna

Telefon: 140-74-86

e-mail: audit1@uks.uz

Asosiy vazifalari: Jamiyat Kengashini ishonchli ma'lumot bilan ta'minlash va ichki auditni amalga oshirish natijalari asosida Jamiyat faoliyatini takomillashtirish bo'yicha takliflar tayyorlash; ichki auditni amalga oshirish jarayonida aniqlangan kamchiliklar haqida ularni bartaraf etish bo'yicha Jamiyat boshqaruvi organlariga tezkor tarzda tavsiyalar tayyorlash, bartaraf etishni nazorat qilish. Jamiyat kengashi tomonidan har yili tasdiqlanadigan ureja asosida ushbu Nizomning 11 bandida ko'rsatilgan yo'nalishlar bo'yicha tekshirishlar o'tkazish yo'li bilan  ichki auditni amalga oshirish (har chorak va hisobot yili natijalari bo'yicha); tuzilayotgan xo'jalik shartnomalarining qonunchilik talablariga mosligi bo'yicha ekspertizadan o'tkazish; jamiyat tuzulmaviy bo'limlariga buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishda uslubiy yordam ko'rsatish, ularga moliyaviy, soliq, bank va boshqa sohalarning  qonunchiligi bo'yicha maslahatlar berish; Jamiyat Kengashiga texnik topshiriqlarni ishlab chiqishda, tashqi audit tashkilotlarning takliflarini baholashda ko'maklashish, hamda audit tekshiruvini o'tkazish uchun tashqi audit tashkilotini tanlash borasida takliflar tayyorlash.

Ishlar boshqaruvchisi

Boshliq: Xoshimov Abror Norbutaevich

Telefon: 140-74-90

e-mail: buildsherif@uks.uz

Asosiy vazifalari: Jamiyat faoliyatini moddiy-texnik ta'minlash; Jamiyat mulkidan foydalanish  va uning saqlanishi undan ustidan nazorat qilinishini ta'minlash;.Jamiyat mulkining hisobini yuritish; Jamiyatga tegishli ob'ektlardan foydalanish va ularni boshqarishni tashkil etish; xodimlarga avtotransport xizmatini o'rnatilgan tartibda amalga oshirish, avtotransport sotib olish va remontini tashkil etish; Jamiyatga tegishli ob'ektlarda qurilish, rekonstruktsiya va remont ishlarini tashkil etish; tashkilot va fuqarolar bilan shartnomalar tuzish.

Axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligini rivojlantirish boshqarmasi

Boshliq: Axmedov Azizbek Muxamadievich

Telefon: 140-74-77

e-mail: ikt@uks.uz

Asosiy vazifalari: mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi strategiyasi va zamonaviy xalqaro moyilliklarga mos holda “O'zkimyosanoat” AJ tizimida axborot-kommunikatsion  rivojlanishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash; sohaga axborot-kommunikatsion  texnologiyalarni joriy etish va yanada rivojlantirish  Dasturlarini tadbiq etish; axborot tizimlari va resurslarini rivojlantirish, ijro apparati tuzulmaviy bo'linmalarida, jamiyatning korxona va tashkilotlarida  axborot tizimlari boshqaruvi tuzulmalarini takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish; jamiyatning korxona va tashkilotlarida  axborot-kommunikatsion  texnologiyalarining maqsadli va manzilli rivojlanishi rag'batlantirish  mexanizmlarini shakllantirishda va joriy etishda qatnashish, hamda ularning axborotlashtirish, axborot tizimlarining amal qilishi va rivojlantirilishi bo'yicha   ularni faoliyatini muvofiqlashtirish; ijro apparati tuzulmaviy bo'linmalarida, jamiyatning korxona va tashkilotlarida  IKTni joriy etish yo'nalishida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish holatini monitoring qilish, ijro apparati tuzulmaviy bo'linmalari, jamiyatning korxona va tashkilotlarini  IKTni joriy etish bo'yicha yuqori malakali kadrlari bilan ta'minlash uchun takliflar; “O'zkimyosanoat” AJ tizimida axborot texnologiyalaridan foydalanish, ma'lumotlarni qayta ishlash, telekommunikatsiya va aloqa vositalaridan foydalanish sohasida yagona texnik siyosatni shakllantirish va rivojlantirish; axborotlashtirishning asosiy yo'nalish va bosqichlarini belgilash, axborot tizimlarini qisman yoki to'liq joriy etish bo'yicha ishlarni rejalashtirish; “O'zkimyosanoat” AJ tizimida ichki biznes jarayonlar ishlashi uchun yangi xizmatlarni ishlab chiqish va joriy etish bo'yicha ishlarni muvofiqlashtirish; “O'zkimyosanoat” AJ tizimida innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va joriy etish bo'yicha ishlarni muvofiqlashtirish; jamiyatning korxona va tashkilotlarida IKT sohasida ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarini modellashtirishni tahlil, monitoring va nazorat qilish.


Tushuntirish xati. «O'zkimesanoat»  AJ ijroiya qo'mitasi tarkibiga

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2020 yilning 29 dekabrda Oliy Majlisga kilgan Murojaatnomasida  «Yoshlarni zamonaviy bilim va tajriba, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi bo'lgan insonlar etib voyaga yetkazish» masalasiga katta e'tibor qaratdilar.

Respublikamizda yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishida davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorlikni ta'minlovchi, «Yoshlar — kelajak bunyodkori» shiori ostida professional faoliyatni amalga oshirish  ishlari jadal sur'atlarda davom etmoqda.

«O'zkimesanoat» AJ oldiga qo'yilgan asosiy vazifalardan biri tarmoqdagi 30 yoshgacha bo'lgan yoshlarni har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, xalq manfaati yo'lida bor salohiyatini safarbar qiladigan, shijoatli yoshlarni tarbiyalash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratish maqsadida bir qator tadbirlarni amalga oshirishi belgilangan.

Shuni inobatga olgan holda va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yilning 5 iyulda qabul kilingan 5106-sonli «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O'zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risida»gi qaroriga muvofiq yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etilishi taklif etilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yilning 31 dekabrda qabul kilingan 4939-sonli «Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida»gi qaroriga muvofiq ijro apparati umumiy shtat birligi doirasida Tarmoq Kengashi kotibi lavozimi kiritilishini taklif etiladi.

Ijroiya qo'mitasi tarkibida umumiy belgilangan raqam doirasida o'zgarishlar amalga oshirildi.

Jamiyat nizomiga muvofiq «O'zkimesanoat»  AJ ijroiya qo'mitasining tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash masalasi aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi vakolatiga yuklatiladi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda «O'zkimesanoat»  AJ ijroiya qo'mitasining yangilangan tuzilmasi «O'zkimesanoat»  AJ yagona aksiyadoriga tasdiqlash uchun taqdim etildi - Moliya vazirligiga. 

«O'zkimesanoat» AJ ijroiya qo'mitasining yangilangan tuzilmasi «O'zkimesanoat» AJning yagona aksiyadori 2021-yil 30-yanvardagi 1-sonli qarori bilan tasdiqlangan va 2021-yil 1-fevraldan kuchga kirgan.