Temirov Odil Shukurovich

«O'zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisining birinchi o'rinbosari

Tug'ilgan sana va joy: 1977 y.

Ma'lumot: oliy, Toshkent kimyo texnologiya instituti (1999 y.).  Bakalavr: “Kimyoviy texnologiya va biotexnologiya”. Magistr: “Neft va gazni qayta ishlash va uning kimyoviy texnologiya” (2005 y.))

Telefon: (998 71) 140 74 08

Elektron pochta: info@uzkimyosanoat.uz

 

Mehnat faoliyati

2019 yil 5 fevraldan “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi
2015 y. – 2019 y. «O'zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining chuqur qayta ishlash bo'yicha o'rinbosari
2014 - 2017 yy. «O'zneftgazqazibchiqarish» aksiyadorlik jamiyatiga qarashli «Sho'rtan gaz kimyo majmuasi» unitar sho''ba korxonasi direktori, 2015 yildan - mas'uliyati cheklangan jamiyati
2012 - 2014 yy. «O'zbekiston GTL» MChJ qo'shma korxonasi texnik menedjeri o'rinbosari
2000 - 2012 yy. «O'zneftgazqazibchiqarish» aksiyadorlik kompaniyasiga qarashli «Sho'rtan gaz kimyo majmuasi» unitar sho''ba korxonasi smena muhandisi, bosh texnolog o'rinbosari, bosh mutaxassis, taraqqiyot xizmati yetakchi muhandis-texnologi, xizmat boshlig'i
1995-2005 yy. «O'zbekneftgaz» Milliy xolding kompaniyasiga qarashli «Sho'rtangaz» gaz-sanoat boshqarmasi kondensatni barqarorlashtirish sexi kuzatuvchisi

 

Funktsional vazifalar

  • ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, , texnik va texnologik qayta jihozlash, yangilarni barpo etishga qaratilgan tarmoq korxonalarining barqaror va mutanosib rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • kimyo korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxi va ishlab chiqarish xarajatlar darajasiga ta'sir qiluvchi omillarni chuqur tahlil etish, zamonaviy energiya va resurslarni tejovchi texnologiyalar va uskunalarni hamda eng yangi elektron-axborot boshqarish tizimlarni jalb etish hisobiga mahsulot tannarxini va ishlab chiqarish xarajatlarini tubdan qiqartirish bo'yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish;
  • tarmoq korxonalarning xavfsiz faoliyatini, ularda yuqori qo'shimcha qiymati va talabga ega sifatli kimyo mahsulotlarni ishlar chiqarilishini ta'minlash maqsadida ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, mahalliy ma'daniy va xom ashyo resurslarni chuqur qayta ishlash, tizimda zamonaviy yuqori texnologik jihoz-uskunalarni va innovatsion texnologiyalarni joriy etishga mo'ljallangan yagona texnik siyosatni olib borish
  • sanoat xavfsizligi, mehnatni va atrof muhitni muhofaza qilish bo'yicha maqsadli chora-tadbirlarni va ishlab chiqarish dasturlarni bajarish;
  • zamonaviy raqobatdosh innovatsion texnologiyalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga, energiya va resurslar sarfini hamda ishlab chiqarish xarajatlarni kamaytirishga qaratilgan ilmiy, shu jumladan tarmoqlararo izlanishlarni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish.

 

Fuqarolarni shaxsiy masalalar bo'yicha qabul qilish kunlari: seshanba, 09.00—11.00