Muxamedjanov Timur Rasulovich

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi v.b.

Tug'ilgan sana va joy: 1988-y., Toshkent shahri

Ma'lumot: oliy, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, D.I. Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali.

Telefon: (998 71) 140 74 08

Elektron pochta: info@uzkimyosanoat.uz

 

Mehnat faoliyati

2023-y. – h.v. “O'zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi v.b.
2019-2023-yy. “Oʻzkimyoimpeks” MCHJ marketing boʻyicha direktor    oʻrinbosari, direktor
2009-2019-yy. “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasida turli lavozimlarda, marketing boʻyicha mutaxassisdan boshqaruvi raisining iqtisodiyot, moliya va korporativ boshqaruv boʻyicha oʻrinbosari boʻlib ishlagan.

 

Funksional vazifalari

  • “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining boshqaruvi, uning tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
  • kimyo sanoatini modernizatsiyalashga, texnik qayta jihozlashga, resurslar tejovchi samarali texnologiyalarni joriy etishga, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga qaratilgan yagona texnik siyosatini olib boradi;
  • kimyo sanoatinining barqaror rivojlanishiga, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishning o'sishiga, uning eksport salohiyatini, shu jumladan, mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarish hisobiga kegaytirishga qaratilgan tarmoqning uzoq va o'rta muddatli taraqqiyot dasturlari bajarilishini ta'minlaydi;
  • zamonaviy menejmentning usullarini egallab olgan hamda bozor sharoitida samarali ishlashga qodir bo'lgan texnik-muhandis va boshqaruv kadrlar malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash ishlarini boshqaradi;
  • marketing tadqiqotlarni muvofiqlashtirish, qishloq xo'jaligining mineral o'g'itlarga, o'simliklarni himoya qiuvchi kimyo vositalariga bo'lgan hamda iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarining raqobatbardosh kimyo mahsulotlariga joriy va bo'lajak ehtiyojlarini aniqlaydi;
  • aksiyadorlik jamiyatning tarkibiy bo'linmalarida direktiv hujjatlar ijrosi ustidan doimiy nazorat olib boradi;
  • aksiyador jamiyatga taalluqli barcha masalalar yuzasidan davlat va mahalliy boshqaruv organlar bilan hamkorlik qiladi;
  • aksiyador jamiyati apparati, uning tarkibidagi korxona va tashkilotlar uchun rahbar kadrlarni tayyorlash, tanlash va tayinlash ishlarini boshqaradi.

 

Fuqarolarni shaxsiy masalalar bo'yicha qabul qilish kunlari: seshanba, 09.00—11.00


So'nggi yangilash sanasi: 13.06.2023