“Oʻzkimyosanoat” AJ markaziy apparati va tarmoq korxonalari xodimlari oʻrtasida “Zakovat” intellektual turniri oʻtkazildi

// 23.08.2022 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1.29 MB)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarda xodimlarning faol ishtirokini ta’minlash, yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta oʻzlashtirgan, kuchli bilimga ega boʻlgan xodimlarni qoʻllab-quvvatlash va ularga oʻz iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish hamda ularni ragʻbatlantirish maqsadida 1-sentabr – Mustaqillik bayrami munosabati bilan joriy yilning 23-avgust kuni “Oʻzkimyosanoat” AJ markaziy apparati va tarmoq korxonalari xodimlari oʻrtasida “Zakovat” intellektual turniri oʻtkazildi. Xodimlarning bilim va salohiyatlari sinalgan bellashuvda “O‘zkimyosanoat” AJ markaziy apparatining “Everest” jamoasi gʻoliblikni qo‘lga kiritdi. 2-oʻrinni esa “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJning “Bars” jamoasi egalladi. “Maxam-Chirchiq” AJning “Al-Kimyogar” jamoasi esa 3-oʻrin sohibi boʻldi. Gʻolib va sovrindorlar pul mukofotlari va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.  1-oʻrinni egallagan jamoaga 50 mln soʻm, 2-oʻrinni egallagan jamoaga 25 mln soʻm va 3-oʻrinni egallagan jamoaga 15 mln soʻmlik pul mukofotlari uchun maxsus sertifikatlar topshirildi. Shu bilan birga, mazkur intellektual turnirda qatnashgan barcha jamoalarga  kitoblar jamlanmasi va sertifikatlar taqdim etildi.

 

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati