Tadbirkorlarga yangi imtiyozlar

// 02.03.2018 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (30.54 KB)

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 fevralda qabul qildingan “Paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi  qaroriga binoan mineral o'g'itlarni sotish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan alohida shartlar hisobga olingan holda birja savdolarida amalga oshiriladi.

Shuningdek qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga mineral o'g'itlar sotuvchi korxonalar uchun 2019 yil 1 yanvargacha bo'lgan muddatda yagona soliq to'lovi stavkasi 2 foiz miqdorda belgilanadi.

Tadbirkorlik sub'ektlari, shu jumladan, qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar tomonidan olib kelinadigan fosforli o'g'itlar, shuningdek, fosforli o'g'itlar ishlab chiqarish uchun olib kelinadigan fosforit xom ashyo 2021 yil 1 yanvargacha bo'lgan muddatda bojxona to'lovlaridan ozod qilinadi (bojxona rasmiylashtiruvi yig'imlari bundan mustasno).