“Navoiyazot” AJ va “Elektrokimyozavod” AJ QK laboratoriyalarining texnik va uslubiy ta'minoti o'rganildi

// 05.02.2020 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (125.6 KB)

Avval xabar berganimizdek, tarmoq korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning xavfsizligini, sifatini va raqobatbardoshligini yanada oshirish maqsadida,  maxsus Ishchi guruh tomonidan “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalar laboratoriyalarning texnik jixozlari va uslubiy ta'minotini o'rganish ishlarini davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda, Ishchi guruh tomonidan “Navoiyazot” AJ va “Elektrokimyozavod” AJ qo'shma korxonalari laboratoriyalarining faoliyatini o'rganish tashkil etildi.

Ma'lumki, “Navoiyazot” AJ va “Elektrokimyozavod” AJ qo'shma korxonalari mineral o'g'itlar, o'simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari va boshqa turdagi kimyoviy vositalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo'lib, ushbu mahsulotlarning asosiy qismi qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga yetkazib berish bilan birgalikda, chet el mamlakatlariga ham eksport qilinadi.

Ishchi guruhning asosiy vazifalari ushbu korxonalarining laboratoriyalarini tanqidiy o'rganish, sifatni boshqarish tizimilarini takomillashtirish, korxonalar laboratoriyalarini texnik qayta jihozlash va laboratoriyalar faoliyatida xalqaro standartlarni joriy qilish bo'yicha takliflar tayyorlashdan iborat bo'lib, o'rganish natijasida Ishchi guruh tomonidan korxonalar laboratoriyalarining texnik jihozlar va uslubiy ta'minotini yaxshilash, sohada xorijiy tajribalarni qo'llash bo'yicha tegishli tavsiyalar berildi.

O'rganishlar natijasida ushbu korxonalarning laboratatoriyalarini 20 dan ortiq zamonaviy jaxon standartlariga mos laboratoriya jixozlari bilan ta'minlash hamda ushbu laboratoriyalar faoliyatida 7 ta halqaro standartlarni joriy qilish bo'yicha bo'yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Eslatib o'tamiz, ushbu o'rganishlar “O'zkimyosanoat” AJ Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq tashkil etilgan bo'lib, o'rganishlar natijasida tarmoq korxonalari laboratoriyalari faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi hamda korxonalar faoliyati yanada takomillashtiriladi.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati