“Qo'ng'irot soda zavodi” MChJ tizimida faoliyat yuritayotgan yoshlar 200 gektar maydonga cho'l o'simliklarini ekishda faol ishtirok etdi

// 21.02.2020 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (133.51 KB)

“Qo'ng'irot soda zavodi” MChJ korxona va sex bo'limlarida faoliyat yuritayotgan yoshlardan “Fidoiy yoshlar otryadi” tuzish taklifi kelib tushdi. Ushbu taklifdan ko'zlangan asosiy maqsad Orol dengizining qurigan hududlarini yashil o'rmonzorlarga aylantirishga o'z hissalarini qo'shishdir.

“Fidoiy yoshlar otryadi” Mo'ynoq tumaniga tashrif buyurib, saksaul va boshqa ko'chatlar ekib, atrof-muhitning ekologik holatini yaxshilashga o'z hissalarini qo'shdilar.

Yoshlar 200 gektar maydonga cho'l o'simliklarini ekishda faol ishtirok etdi.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati