D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiyalari universiteti rektori RXTU Toshkent shahridagi filiali talabalari bilan uchrashdi

// 24.02.2021 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (452.23 KB)

2021 yil 24 fevral kuni D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiyalari universiteti rektori A.G.Majuga federal davlat byudjeti oliy ta'lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali talabalari bilan uchrashdi.

Tadbirda D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiyalari universiteti rektori A.G.Majuga, Filial direktori S.N.Filatov, “O'zkimyosanoat” AJ Boshqaruv raisi, Toshkent shahridagi filialning Ijrochi direktori J.T.Mirzamaxmudov, Xalqaro loyihalar va dasturlar boshqarmasi boshlig'i O.B.Vasileva, universitet va filial mas'ul xodimlari va talabalar ishtirok etdi.

D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiyalari universiteti rektori A.G.Majuga so'zga chiqib, yoshlarni Filial talabasi bo'lganliklari bilan yana bir bor tabrikladi hamda o'qishlarida omad tiladi. Shundan so'ng talabalar tomonidan tayyorlangan sahna ko'rinishlari namoyish etildi.

Tadbir davomida yuqori natijalarga erishgan hamda universitet hayotida faol ishtirok etgan bir guruh talablar diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

Tadbirdan so'ng mehmonlar Filialni tashkil etish, uning moddiy-texnik bazasi va o'quv jarayonini shakllantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan tashkiliy ishlar, jumladan, bino va inshootlarni rekonstruktsiya qilish, kapital ta'mirlash, zarur mebel, zamonaviy o'quv-laboratoriya jihozlari, kutubxona fondi, kompyuter va boshqa o'quv jihozlari bilan ta'minlanayotganligi tanishtirildi.

Bugungi kunda mamlakatimizda jami 25 ta xorijiy oliy ta'lim muassasalari va ularning filiallari faoliyat yuritayotgan bo'lsa, shundan 12 tasi Rossiya Federatsiyasining OTM hisoblanadi.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati