“Maksam-Chirchiq” AJda seminar

// 16.02.2018 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (31.11 KB)

2018 yil 15 fevralda “Maksam-Chirchik” aksiyadorlik jamiyatida kimyo  sanoatining innovatsion rivojlanishining dolzarb masalalari bo'yicha tarmoq seminar o'tkazildi. Ushbu tadbir  kimyo sanoatini rivojlantirish yuzasidan uzoq muddatli kontseptsiyasini tayyorlash doirasida “O'zkimyosanoat” AJ texnik siyosati Bosh boshqarmasining innovatsiya texnologiyalarni joriy etish bo'limi tomonidan tashkil qilindi hamda seminar ishtirokchilari kimyo sanoatining istiqboli bo'yicha o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Seminarda “Maksam-Chirchiq” AJning 2018-2028 yillarda innovatsiya va mahalliylashtirish loyihalarni amalga oshirish dasturining taqdimoti o'tkazildi. Ma'lumki, O'zbekiston kimyo sanoatining yetakchisi “Maksam-Chirchiq” aksiyadorlik jamiyati Markaziy Osiyo mintaqasida gaz va neftni qayta ishlash ehtiyojlari uchun katalizatorlar ishlab chiqaradigan yagona korxonadir. Tabiiyki, dasturda ushbu yo'nalish rivojiga katta ahamiyat berilgan.

Seminar yakunida uning qatnashchilari uchun korxonada zanglash, yahlalakka qarshi reagent, turli xil kimyo maxsulotlari, ammiakli selitra va karbamid uchun qo'shimcha moddalar hamda yangi azot-oltingugurtli o'g'itini ishlab chiqarish bo'yicha yangidan ishga tushirilgan sanoat qurilmalar bilan tanishtirish turi o'tkazildi.

Seminar ishida Innovatsion taraqqiyoti vazirligi vakillari, O'zbekiston Fanlar Akademiyasi yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlar rahbarlari, “O'zkimyosanoat” AJ korxonalarning bosh muhandislari, shuningdek kimyo korxonalari bilan yaqindan hamkorlik qilayotgan taniqli kimyogar olimlar, akademiklar Yusupbekov N.R, Rashidova S.Sh., Beglov B.M., Namazov Sh.S,, Djalilov A,T., Tuxtaev S.T. ishtirok etdilar.