Kimyo sanoati rivojlantirish dasturi to'g'risida

// 28.08.2017 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (31.26 KB)

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 avgustda tarmoqni yanada diversifikatsiya qilish maqsadida 2017-2021 yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish Dasturi tasdiqlandi. Unga ko'ra ushbu davr ichida 3,1 mlrd. dollarlik 43 investitsiya loyihalarini amalga oshirish ko'zda tutilgan.

Dasturda shuningdek noo'g'it kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish bo'yicha 25 loyihalar bajarilishi rejalashtirilgan, shu jumladan tog'-kon, neftgaz, tekstil, yengil, avtomobil va qurilish sanoatlari hamda kichik va o'rta biznes sub'ektlari ehtiyojlari uchun kimyo va parmalash reagentlar, sintetik tolalar, atsetat iplar, lak-bo'yoq mahsulotlari, avtomobil va qishloq xo'jaligi texnikasi uchun shinalar, konveyer lentalar, polivinilxlorid (PVX), kaustik soda va metanol.

Dasturni amalga oshirish hisobiga 2021 yilda tovar mahsulot ishlab chiqarish hajmi 2017 yilga nisbatan 2.4 barobariga, mahsulot eksporti hajmini esa 2,7 barobariga ko'paytirish ko'za tutilgan. Bundan tashqari 25 yuqori texnologik sanoat ob'ektlari foydalanishga topshiriladi. Tovar mahsulotning umumiy hajmida mineral o'g'itlar ulushi 74%dan 55%gacha pasaytiriladi hamda 3200 yangi ish o'rinlari yaratiladi.