“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O'zbekiston sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasida faol ishtirok etmoqda

// 20.11.2019 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (806.99 KB)

“O'zekspomarkaz”da joriy yilning 18-22 noyabr kunlari o'tkazilayotgan O'zbekiston sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasida ishtirok etayotgan “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati yangi kooperatsion shartnomalar tuzishni rejalashtirmoqda.

“O'zkimesanoat” AJ ko'rgazmada tarmoq korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan 100 dan ortiq mahsulotlari hamda mahalliylashtirish dasturi asosida ishlab chiqarilishi yo'lga qo'yilayotgan mahsulotlar bilan faol qatnashmoqda.

Bugungi kunga qadar 50 dan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan kabel, quvur, maxsus himoya vositalari, moylovchi hamda har xil rangli metal va boshqa zaruriy mahsulotlar xarid qilish bo'yicha muzokaralar olib borilib, shartnoma tuzish ko'zda tutilgan.

Bundan tashqari ko'rgazma doirasida tarmoq korxonalari tomonidan taqdim etilayotgan mahsulotlarga bo'lgan qiziqish kundan kunga oshib borishi natijasida 1,0 trillion so'mga yaqin kooperatsion shartnomalar tuzish bo'yicha takliflar kelib tushmoqda.

“O'zkimyosanoat” AJ tomonidan kichik tadbirkorlik sub'ektlariga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida ko'rgazma stendida shartnomalarni rasmiylashtirish uchun interaktiv kompyuter texnika vositalari bilan ta'minlangan.

O'zbekiston sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi joriy yilning 22 noyabr kuniga qadar davom etadi. Shu munosabat bilan, “O'zkimyosanoat” AJ mahalliy ishlab chiqaruvchilarni hamda kichik biznes sub'ektlarini hamkorlik aloqalarini o'rnatish maqsadida ko'rgazmaga taklif etadi.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati