“O'zkimyosanoat” AJ mas'ul xodimlari Yevropa Ittifoqining “65 loyihasi” bo'yicha o'tkazilagan mintaqaviy seminarida ishtirok etdi

// 16.10.2019 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (150.41 KB)

evropa Ittifoqining “65 loyihasi” bo'yicha “Xavfsizlikni oshirish va qaltisliklarni kamaytirish uchun Markaziy Osiyo mamlakatlarida kimyoviy va biologik chiqindilarni boshqarishni kuchaytirish” mavzusidagi mintaqaviy seminar tashkil etildi.

Toshkentdagi Lotte City Hotel Tashkent Palace mehmonxonasida o'tkazilgan seminarda beshta sherik-mamlakatlar: Afg'oniston, Mo'g'uliston, Qirg'iziston, Pokiston, O'zbekiston o'rtasidagi uzoq muddatli muloqotlarga ko'mak berish uchun, shuningdek, loyiha doirasida va uning tashqarsida amalga oshiriladigan umumiy strategiyalarni belgilab olish uchun aniq imkoniyatni taqdim etdi.

Seminarda Yevropa Ittifoqi delegatlari, milliy koordinatorlar, mahalliy ekspertlar shuningdek, “O'zkimyosanoat” AJ va tashkilot tizimidani “Farg'onaazot” AJ hamda “Maxsam-Chirchiq” AJ vakillari ishtirok etdi.

Mintaqaviy kotibiyat, Yevropa Ittifoqi va “65 loyihasi” vakillari tomonidan Mintaqaviy seminar ochib berildi.

Markaziy Osiyo Mintaqaviy kotibiyatining rahbari janob Baxtiyor G'ulomov o'zining tabrik nutqida erishilgan natijalar va kelajakda kutilayotganlar to'g'risida taqdimot qilib, loyihaning asosiy maqsadlari haqida gapirib berdi.

evropa Ittifoqining O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbarining o'rinbosari janob Yussi Narvi, yig'ilganlarni qutladi va Markaziy Osiyoda “65 loyihasi”ni amalga oshirish, bu nafaqat mintaqadagi kimyoviy va biologik chiqindilarni boshqarishni kuchaytirish, balki, keng mintaqaviy hamkorlikning qiymatini namoyish etish uchun ham muhim ekanligini qayd etib o'tdi.

Tadbirning birinchi kuni mintaqaviy texnik maslahat guruhini yaratishga qaratilgan “65 loyihasi”ning 7-Ishchi paketiga bag'ishlandi.

“Fondazione FORMIT” (Italiya) vakili Julia Rapisetta xonim maslahat guruhining kontseptsiyasi va asosiy funktsiyalari bilan tanishtirib, mintaqaviy talablarga moslashtirilgan vositani tadbiq etish va ishlab chiqishni yengillashtiruvchi innovatsion g'oyalar bilan o'rtoqlashdi.

So'ng ishtirokchilar asosiy talablar va kutilgan natijalarni bayon qilish uchun ochiq munozaraga kirishdilar. Barcha sherik mamlakatlar texnik maslahat guruhini tuzishda “65 loyihasi”dan yordam olish istagini bildirishdi.

Kunning ikkinchi yarimida, loyihani milliy darajada amalga oshirish tufayli erishilgan natijalar va eng yaxshi tajribalarga bag'ishlangan milliy koordinatorlarning taqdimotlari bo'lib o'tdi. Kelgusida ularni amalga oshirishni yengillashtirish maqsadida Markaziy Osiyo mintaqasi uchun foydali bo'ladigan kelajakdagi harakatlar bo'yicha tavsiyalar va talablar ishlab chiqildi.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati