O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasida ilk karbamid mahsuloti sotildi

// 31.12.2020 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (169.77 KB)

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarilgan ilk karbamid mahsuloti joriy yilning 30 dekabr kuni O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasining ertalabki birja savdolariga qo'yildi. Birja yakuniga ko'ra birinchi haridor Xorazm viloyatida ro'yxatdan o'tgan “Xonqa osiyo savdo” MChJ bo'ldi. “Xonqa osiyo savdo” MChJga 151,7 million so'mlik 68 tonna karbamid mahsuloti sotildi.

Shu kun birja savdolari yakuniga ko'ra jami 763,8 million so'mlik 340 tonna karbamid mahsuloti sotilgan.

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tashkilot tizimidagi “Navoiyazot” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan mahalliy karbamid mahsulotiga birdirilgan ishonch uchun o'z minnatdorchiligini bildiradi.

O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi “O'zkimyosanoat” AJ savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar savdosi bo'yicha barcha ma'lumotlarni www.uzkimyosanoat.uz rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi https://t.me/uzkimyosanoat va https://www.facebook.com/uzkimyosanoat/ rasmiy sahifalari orqali olishingiz mumkin.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati