"Zakovat" intellektual oʻyini tashkil etildi

// 25.03.2024 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (34.31 MB)

Yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta oʻzlashtirgan, kuchli bilimga ega boʻlgan xodimlarni qoʻllab-quvvatlash va ularga oʻz iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish, ularni ragʻbatlantirish maqsadida Navroʻz bayrami munosabati bilan bugun “Oʻzkimyosanoat” AJda "Zakovat" intellektual oʻyini tashkil etildi.

 

Unda Jamiyat Markaziy apparati xodimlaridan tuzilgan 8 ta jamoa ishtirok etdi. 

Qizgʻin va murosasiz oʻtgan oʻyin natijasiga ko’ra 8 ta jamoa a’zolari ichidan eng kuchlilari saralandi hamda “Oʻzkimyosanoat” AJ terma jamoasi shakllantirildi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati   


So'nggi yangilash sanasi: 25.03.2024