Yangi qo'shma korxona ishga tushirildi

// 19.02.2019 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (30.65 KB)

Yangi qo'shma korxona ishga tushirildi

 

2019 yil 8 fevralda “Farg'onaazot” hududida AJ «Winchemical» MChJ yangi qo'shma korxona ishga tushirildi. Unda yiliga  7,8 mln. dona polietilen oboylar ishlab chiqariladi. Nizom jamg'armasi 150 ming AQSh dollarni tashkil qilgan qo'shma korxonani Janubiy Koreyaning «Winhousing International Co., Ltd» kompaniyasi (51%) va “Farg'onaazot” AJ (49%) ta'sis etdilar. Umumiy qiymati 3,1 mln. dollar bo'lgan loyiha “O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 oktyabrdagi “O'zbekiston Respublikasi kimyo sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlar to'g'risida”gi Qaroriga muvofiq amalga oshirildi.