“O'zkimyosanoat” AJda o'tkazilgan uchrashuv

// 13.09.2017 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (31.11 KB)

2017 yil 10 sentyabr kuni “O'zkimyoschanoat” boshqaruvi raisi Abduxashim Abdullaev O'zbekistonga ishchi tashrif buyurgan «China Poly Group» (XXR) kompaniya vitse-prezidenti  janob Vang Lin boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi. O'tkazilgan uchrashuvda tomonlar tomonidan “O'zkimyosanoat” AJ hamda «China Poly Group» kompaniyasi o'rtasida o'rnatilgan uzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish masalasi yuzasidan fikrlar almashildi.

Uchrashuvda tomonlar joriy yil oxirigacha konveyer lentalar, avtomobil va qishloq xo'jaligi texnikasi uchun shinalar ishlab chiqaradigan zavod qurilishini yakunlash hamda mazkur korxonaning quvvatlarini kengaytirish loyihaning II bosqichini ustida mushtarak ishlarni boshlash niyatlarini ta'kidladilar.

O'tkazilgan muzokaralar yakuni bilan “O'zkimyosanoat” AJ va «China Poly Group» kompaniyasi o'rtasida 2017-2027 yillar mobaynida hamkorlik qilish bo'yicha doiraviy bitim” imzolandi.