D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti filialining 2020-2021 o'quv yilining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi

// 16.10.2020 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (199.28 KB)

D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti filialining birinchi kurs talabalari uchun 2020-2021 o'quv yilining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirda Rossiya kimyo-texnologiya universiteti rektori A.G.Majuga, Toshkent shahridagi filial ijrochi direktori J.T.Mirzamaxmudov, filial direktori S.N.Filatov, filial xodimlari va talabalar ishtirok etdilar.

Toshkent shahridagi filialning ijrochi direktori J.T.Mirzamaxmudov birinchi kurs talabalarini yangi щыuv yili bilan tabrikladi va o'qishlarida omad tiladi. RKTU rektori A.G.Majuga ham onlayn tarzda talabalikka qabul qilingan yoshlarga tabrik yo'lladi. Shuningdek, tadbir davomida filial direktori S.N.Filatov o'z taqdimotida Toshkent shahrida RKTU filialining yangi binosi qurilishi haqida ma'lumot berib o'tdi. U yangi o'quv binosining loyihasi, shuningdek, 1 yillik o'quv dasturi bilan tanishtirdi.

Joriy yilning 7 sentyabridan Filialning 158 nafar ikkinchi kurs talabalari uchun onlayn masofaviy ta'lim jarayoni boshlandi. Ma'ruzalar va seminarlar har kuni RKTU professor-o'qituvchilari tomonidan o'quv dasturiga muvofiq o'tkaziladi.

Vasiylik Kengashining qaroriga muvofiq, 2020-2021 o'quv yili uchun Filialda bakalavriat ta'lim dasturi bo'yicha o'qish quyidagi ta'lim yo'nalishlari bo'yicha o'tkaziladi:

  1. Kimyo texnologiyasi;
  2. Texnosfer xavfsizlik;
  3. Materialshunoslik va meteriallar texnologiyasi;
  4. Materiallarni badiiy qayta ishlash texnologiyasi.

Ushbu ta'lim yo'nalishlari “O'zkimesanoat” aksiyadorlik jamiyati va iqtisodiyotning boshqa tarmoq korxonalarining kimyo-texnologik yo'nalishdagi kadrlarga bo'lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda belgilangan.                

Tadbir so'nggida barcha birinchi bosqich talabalariga esdalik sovg'alari va tabriknomalar topshirildi. Endilikda talabalarni yangi kashfiyotlar, qiziqarli tadqiqotlar va universitetning kimyoviy dunyosiga qiziqarli ta'lim yo'li kutmoqda!

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati